20-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik
uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti,
sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik
qonunchilikda belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
52-bobi
.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar
yetkazganlik uchun mehnatga oid qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb
kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash
qoidalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
21-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladilar.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |