Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi


Download 95.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi95.01 Kb.
#1837445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘RQ-57-сон 28.09.2006

15-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qo‘yiladigan sanoat
xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq
boshqa hujjatlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega
bo‘lgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni
mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkazadi.
Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)


 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat
xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risida 
nizom
.
16-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo‘yicha uning
sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan
tartibda 
o‘tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus
vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Mazkur
komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
(16-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya
tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni
tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb
etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek
boshqa tashkilotlar va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi
avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi
uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari
dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori,
sanoat xavfsizligi talablarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan
foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko‘rilgan choralar hamda bunday
avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko‘rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini
moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga
oshiriladi.

Download 95.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling