Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan


Download 95.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana02.06.2024
Hajmi95.01 Kb.
#1837445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘RQ-57-сон 28.09.2006

17-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab
chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi
tuziladi.
18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi
talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuniga 
aosan ikkinchi
qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida
qonunchilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi.


(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni
ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va aholini
sanoat xavfsizligining holati to‘g‘risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan
foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining 
ikkinchi

uchinchi
va 
to‘rtinchi
xatboshilarida
ko‘rsatilgan xavfli moddalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan,
qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan xavfli ishlab
chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya xavfiga berilgan har
tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi
tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan
choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini o‘z ichiga olishi kerak.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta
qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari
tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari
tomonidan tasdiqlanadi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olish uchun
murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi ma’lumotlar o‘zgargan yoki sanoat xavfsizligi
talablari o‘zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan
ishlab chiqiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi
deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligi uchun
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan
tartibda 
ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim
etiladi.

Download 95.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling