O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 117-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
10-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish
116-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart: 1) ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa yoki ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 49-moddasi. 2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yo‘qotganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 30-moddasi. 3) javobgar — fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda; 4) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar ko‘rish imkoni bo‘lmaganda; 5) taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 117-moddasi, 118-moddasi 1 — 4-bandlari, 364-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda. (116-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 117-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli: 1) taraf O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; 2) taraf davolash muassasasida bo‘lganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga to‘sqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lganda; 3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda; 4) taraf ishni ko‘rib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida bo‘lganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno; 5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 95-moddasi. 6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirig‘i yuborilganda. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 118-moddasi 5 — 10-bandlari. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling