O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning miqdorlarini kamaytirish


Download 284.5 Kb.
bet57/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

133-modda. Sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning miqdorlarini kamaytirish
Davlat bojini to‘lashni kechiktirishga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127, 128, 132-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi.
134-modda. Ekspertlarga, mutaxassislarga, guvohlarga, tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalarni to‘lash va ularning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarib bo‘lganidan so‘ng sud tomonidan to‘lanadi.
Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ishi uchun, agar bu ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, haq oladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarning sudga borishi munosabati bilan ularning ishda bo‘lmagan vaqtida ish joyidagi o‘rtacha ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlar odatdagi mashg‘ulotlaridan qoldirilganligi uchun amalda sarflagan vaqti va belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqilgan holda haq oladi.
(134-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va ularning miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 58, 61, 63-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 03-iyuldagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling