O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash


Download 284.5 Kb.
bet59/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

138-modda. Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi.
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu moddada ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi.
Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Agar da’vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini o‘zgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha o‘zgartiradi.
Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlarini berganda taraflar to‘lagan davlat bojiga ham taalluqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 94-moddasi to‘rtinchi qismi, 127, 128, 132, 139 — 141-moddalari, 251-moddasi ikkinchi qismi, 253-moddasi beshinchi qismi, 316-moddasi, 340-moddasi uchinichi qismi, 399-moddasi uchinchi qismi, 419-moddasi uchinchi qismi, 462-moddasi to‘qqizinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 17, 25-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling