125-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi
Ish yuritish sudning ajrimiga binoan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli tugatilsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26, 27-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi birinchi, o‘n to‘qqizinchi xatboshilari, 10 — 12-bandalri, 15-bandi birinchi, o‘ninchi xatboshilari.
126-modda. Ish yuritishni tugatish oqibatlari
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13-bob. Sud xarajatlari
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
127-modda. Sud xarajatlarining turlari
Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iborat bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128, 132-moddalari.
128-modda. Davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.
(128-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 129 — 131, 133, 138-moddalari, 141-moddasi birinchi qismi, 173-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 174-moddasi, 176-moddasi birinchi qismi 4-bandi, 177-moddasi oltinchi qismi, 178-moddasi birinchi qismi 9-bandi, 191-moddasi birinchi qismi 3-bandi, 195-moddasi birinchi qismi 7-bandi, 286-moddasi ikkinchi qismi, 350-moddasi to‘rtinchi qismi 4-bandi, 355-moddasito‘rtinchi qismi 3-bandi, 367-moddasi birinchi qismi 6-bandi, 387-moddasi birinchi qismi, 388-moddasi birinchi qismi, 390-moddasi uchichnchi qismi, 407-moddasi birinchi qismi, 408-moddasi birinchi qismi, 410-moddasi ikkinchi qismi, 427-moddasi beshinchi qismi, 428-moddasi birinchi qismi 3-bandi, 459-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 1-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |