Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ular faoliyatini toʻxtatish tartibi qanday?


Download 19.11 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi19.11 Kb.
#1332338
Bog'liq
ixtiyoriy tugatish


Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ular faoliyatini toʻxtatish tartibi qanday? 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 704-son qarorida tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish tartibi keltirib oʻtilgan boʻlib, unga muvofiq, tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ― ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini jo‘natadi.
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ― ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish toʻgʻrisida qaror tushgandan soʻng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat reestriga kiritadi hamda bu toʻgʻrisida Tizim orqali quyidagi organlarni xabardor qiladi:
roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimini (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi);
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va roʻyxatdan oʻtkaziladigan boshqa texnika vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini;
b) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlon joylashtiradi, eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
tijorat tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek, tijorat tashkilotining tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);
tijorat tashkilotining joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va roʻyxatdan oʻtkazgan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, raqami);
kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali joʻnatiladi. Davlat reestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar mavjud boʻlsa) qaytariladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat reestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:
tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qiladi;
tugatilgan tijorat tashkilotining muhr va shtamplarini (agar mavjud boʻlsa) belgilangan tartibda yoʻq qilish choralarini koʻradi;
tijorat tashkilotiga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud boʻlsa) ularni bergan organlarga topshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻliq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.
Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 38-bandida koʻrsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek, ixtiyoriy tugatish va tijorat tashkiloti faoliyatini tiklash tartiboti toʻxtatilganda ushbu Nizomning 18-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qoʻllanmaydi hamda barcha tegishli toʻlovlar ularni hisoblab yozish toʻxtatib qoʻyilgan davr uchun toʻliq hajmda undiriladi.
Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish:
Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish uning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
muhr va shtamplar (agar mavjud boʻlsa);
barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud boʻlsa);
agar mavjud boʻlsa, asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisidagi tijorat bankining maʼlumotnomasi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy toʻxtatish toʻgʻrisida ariza tushganidan soʻng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi yoʻqligini, shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan deb koʻrsatilgan boʻlsa) tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi soʻrovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabarnoma yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazgan organ quyidagi hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reestriga kiritadi:
ushbu Nizomning 41-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan xabarnomasi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan soʻng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi.
Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv davlat reestriga kiritilgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;
faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini (agar mavjud boʻlsa) yoʻq qiladi;
litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud boʻlsa) ularni bergan organlarga yuboradi.
Taqdim etilgan ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda qanday ma'lumotlar ko‘rsatilishi lozim? 
Qonuniy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 21 - avgustdagi “Tadbirkorlik sub'ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 704-sonli qarori.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tugatilayotgan tadbirkorlik sub'ekti to‘g‘risidagi ma'lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi ma'lumotlar (pasport ma'lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
tugatilayotgan tadbirkorlik sub'ekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
tadbirkorlik sub'ektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.
Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling