Toshkent moliya instituti “Magistratura” bo’limi “Investitsiyalarni boshqarish” yo’nalishi IB-3 guruh magistranti To'ychiyev G'ayrat Vohid o’g’lining “Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish” mavzusidagi kurs ishiga berilgan ilmiy rahbar
TAQRIZI
Magistrant To'ychiyev G'ayrat Vohid o’g’lining kurs ishi “Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish”ga bag‘ishlangan bo‘lib, kurs ishi uchta reja, kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning bugungi kundagi ahamiyati va maqsadi, vazifalari, kurs ishi obyekti, predmeti va kurs ishining tarkibiy tuzilishi yoritib berilgan. Kurs ishining birinchi rejasida investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni va me’yoriy-huquqiy asoslari yoritib berilgan. Kurs ishining ikkinchi rejasida investitsiya loyihalarini baholash, iqtisodiy tahlili va xarajatlar ekspertizasi. Pul oqimi tahlili amaliyoti tahlili amalga oshirilgan. Kurs ishining uchunchi rejasi "ORUZLAR OROLI" investitsiya loyihasining kompleks ekspertiza tahliliga bag’ishlangan hamda investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilishning bir qator xususiyatlari yoritib berilgan.
Kurs ishining xulosa qismida olingan tahlil natijalari asosida zaruriy xulosa shakllantirilgan.
Kurs ishini yozishda talaba Prezident Farmonlari, shuningdek mavzuga oid adabiyotlar, chizmalar, jadvallardan foydalanilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, talaba G'.To'ychiyevning “Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish” mavzusidagi kurs ishi mustaqil bajarilgan va tugallangan ish hisoblanadi.
Kurs ishi mazkur turdagi ishlarga qo‘yilgan talablarga javob beradi hamda himoya qilishga tavsiya etiladi.
“Baholash ishi va investitsiyalar”
kafedrasi dotsenti v.b., PhD M.Aliqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |