54-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 58, 61, 63-moddalari, 94-moddasi uchinchi qismi, 106-moddasi birinchi qismi 7-bandi.
55-modda. Sud majlisi kotibi
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifasini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 206-moddasi.
56-modda. Guvoh
Ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida — fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar;
(56-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
(56-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 54, 57, 229, 230, 231, 232-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |