O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet3/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

6-modda. Sud hujjatlari
Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrug‘i qabul qiladi.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ishni nazorat tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati ishni nazorat tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi.
Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi.
Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 177, 178, 187-moddalari, 193-moddasining uchinchi qismi, 194-moddasining uchinchi qismi, 195-moddasining ikkinchi qismi, 197-moddasining ikkinchi qismi, 198-moddasining uchinchi qismi, 249, 253, 262, 271, 272, 297, 303, 308, 314, 319, 323, 326, 330, 338, 343, 353, 358, 371, 378-moddalari, 397-moddasining o‘n sakkizinchi qismi, 408-moddasining ikkinchi qismi, 430, 431, 432-moddalari, 434-moddasining beshinchi – sakkizinchi qismlari, 443-moddasi.
2-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari
7-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2, 3-moddalari.
8-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 6-moddasi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling