OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА`LIM VАZIRLIGI
BUXORO DАVLАT UNIVERSITETI
A.A. GULOVА
IJTIMOIY ISHDА BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
OʼQUV QOʼLLАNMА
BUXORO-2022
Gulova. Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish. Oʼquv qoʼllanma. –T: “Durdona nashr”.
1-mavzu. Bola huquqlari: tushunchasi va mohiyati.
Reja:
Bolalikning xususiyatlari.
Bola huquqlari tushunchasi.
Bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlari.
Bolaning mulkiy huquqlari.
Vasiylik yoki homiylik ostidagi bolalarning huquqlari.
Voyaga yetmaganlarning huquqlari va ularni ta`lim to’g’risidagi qonun hujjatlarida himoya qilish.
Tayanch so’z va iboralar:
Bola, bola huquqlari, balogʻatga (voyaga) yetish yoshi, bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlari, bolaning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi, meros sifatida olingan mulk.
1. Bola — asosiy maʼnosi — bolalik davridagi inson. Bolalikning yosh chegaralari turli madaniyatlarda, hayotiy sikl nazariyalarida va huquqiy tizimlarda farq qiladi. Umuman olganda, bola deb tugʻilish paytidan boshlab to jinsiy balogʻatga yetguncha boʻlgan davrdagi insonga aytiladi. Qiz — ayol jinsidagi bola; Oʻgʻil — erkak jinsidagi bola.
Bola sogʻligʻiga bagʻishlangan tibbiyot boʻlimi pediatriya deb aytiladi.
Olimlar bola haqidagi taʼlimot eramizdan oldingi IV asrda tibbiyot otasi Gippokratning "Bola tabiati haqida" nomli kitobi bilan boshlangan deb hisoblaydilar. Keyinchalik (I—II asrlar) bolalarni tarbiyalash va parvarishlash haqida Sels, Galen va Soranlar yozadilar. Keyingi 15 asr davomida amalda oldin Galen va Soran tomonidan bayon etilganlar takrorlandi. Lekin, koʻp bolalar oʻlimi, muhtojlarga yordam beruvchi tashkilotlarning paydo boʻlishi, shuningdek Yevropaning ayrim davlatlarida tashlandiq va boquvchisini yoʻqotgan bolalar uchun tarbiya uylarining ochilishi XV-XVII asrlarda bolalar organizmining o‘ziga xos xususiyatlariga qiziqish uygʻonishiga sababchi boʻldi — bolalarni tarbiyalash va parvarishlashga bagʻishlangan koʻp sonli asarlar chop etildi[1].
Bolalik davrlari
Bola — doimo oʻsuvchi va rivojlanuvchi organizm, har bir yosh bosqichida maʼlum morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlarni egallab boradi[1]. Postnatal (tugʻilgandan keyingi) davrda quyidagilar farqlanadi:
yangi tugʻilganlik davri (hayotining birinchi toʻrt haftasi (28 kun))
emadigan yosh (hayotining 29-kunidan boshlab bir yilgacha)
yasli yoki maktabgacha yoshdan oldingi davr (uch yilgacha)
maktab yoshigacha boʻlgan davr (uch yildan yetti yilgacha)
kichik maktab yoshi (yetti yoshdan oʻn bir yoshgacha)
katta maktab yoshi (oʻn ikki yoshdan oʻn yetti - oʻn sakkiz yoshgacha)
Do'stlaringiz bilan baham: |