A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet7/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Muhokama uchun savollar:

  1. Bola huquqlarini o‘rganishning zarurligi qanday omillar bilan xarakterlanadi?

  2. Davlat ijtimoiy standartlari nima?

  3. Bolalari bo’lgan fuqarolar uchun davlat imtiyozlari haqida nimalarni bilasiz?



3-mavzu. Milliy qonunchilikda bola huquqlari kafolatlari.
Reja:

  1. «Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

  2. Bolalarni ularning sog’ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

  3. Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

  4. Ota-onalik huquq va majburiyatlarining xususiyatlari.

  5. Bolalarga nisbatan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari: bolalarni himoya qilish, nogironlikka ega bolalarning ijtimoiy va huquqiy kafolatlari, ta`lim, yoshlar va bolalar jamoat birlashmalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, voyaga yetmaganlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlardagi bolalar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, voyaga yetmaganlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni kuchaytirish.



Tayanch so’z va iboralar:
Bolalarning sog‘lig‘i, bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot, axborot mahsuloti, axborot mahsulotining aylanishi, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi, axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi. 


Bolalarni ularning sog’ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 6 ta bob va 27 ta moddadan iborat.
Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma’qullangan.
“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning dastlabki moddasida “Ushbu Qonunning maqsadi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat”15 deya qayd etilgan.
Qonunning 4-moddasida asosiy tushunchalar keltirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari quyidagicha:

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling