1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Download 30 Kb.
|
1-Bolalr ximoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tarixi
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Bola kulgusidan olam munavvar deyishadi. Haqiqatda, hayotimiz quvonchi va ertagi kunimizdan umid nishoni ham bolajonlardir. Hech o`ylab ko`rganmisiz, gohi injiqliklari bilan asabingiga tegadigan, goho bolalarcha beg`ubor savollari bilan joningizdan to`ydirdigan bolalar bo`lmasa… 1-iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida yer kurrasining barcha davlatlarida nishonlanadi. Jumladan, mamlakatimizda ham. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tarixi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, sayyoramizdagi eng ko`hna xalqaro bayramlardan biri hisoblanib, 1949 yil Ayollar xalqaro demokratik federatsiyasining sessiyasida belgilangan va birinchi marotaba 1950 yilda nishonlangan. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni (ing. Universal Children’s Day) — 1954 yilda (lkk9;l6;l3;n2;m4;l0;n3; t70;836 (IX) BMT Bosh Assembliyasi tomonidan barcha mamlakatlarga 1956 yildan boshlab nishonlashni tavsiya qilgan bayram hisoblanadi. Mazkur bayram dunyo bolalari hayotini, sihat-salomatligini yaxshilashga yo`naltirilgan bayram tadbiri sanaladi. Bosh Assembliya ham bayramni ayni kunda, dunyoning barcha davlatlarida nishonlanadigan kunda o`tkazadi. Bosh Assembliya o`z rezolyutsiyalarida yana shuni qayt etadiki, Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining butun er kurrasida ommaviy nishonlanishi xalqlar o`rtasida birdamlik va hamkorlikini mustahkamlashga turtki bo`ladi. BMT o`zining rasmiy hujjatlarida 20-noyabrda xalqaro bolalar kunini nishonlash to`g`risida eslatib o`tadi, ya`ni shu kun 1959 yilda “Bola huquqi Deklaratsiyasi”, 1989 yilda esa “Bola huquqi Konvensiyasi” qabul qilingan. Bolalar kunida turli kompaniya va firmalar xayriya tadbirlarini o`tkazishadi. Jumladan, McDonald`s kompaniyasi shu kundagi daromadining bir qismini bolalar fondi, kasalxonlar va bolalar uylariga beradi. Kompaniyaning turli davlatlaridagi restoranlari peshtoqlari oldida shu kuni mashhur yulduzlar, jurnalistlar, siyosatchilar, sportchilar xizmatda bo`lishadi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yozning birinchi kunida nishonlanadi. Bu kun har yili «Tinchlik uchun», «Urush olovini ochuvchilarga qarshi» xamda «Bolalar hayoti va sog`lig`i uchun» kabi shiorlar ostida nishonlanadi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, jahon jamoatchiligi e`tiborini bolalarni urush xafidan himoya qilishga, bolalar sog`lig`ini saqlashga, ularning ta`lim-tarbiya olishlarini demokratik asosda ta`minlab berishga qaratish kunidir. Bu kun faqat bolakaylarning shovqin-suronli bayrami emas, balki jamoatchilikka haqiqiy fuqarolik, adolatli va farovon jamiyat qurishning asosiy shartlarida biri bo`lgan bola huquqnini kuzatish va hurmat qilishni eslatib qo`yish kuni hamdir. Bu kattalarga bolalar doim ularning e`tibori va himoyasiga ehtiyoj sezishini va kattalar ular uchun javobgar ekanliklarni yana bir bor ta`kidlash kunidir. Og`riqli nuqtalar… Boalar huquqi to`g`risida yetarlicha huqquiy asos yaratilgan , Konvensiya, Dekloratsiya va qonun hujjatlarning soni kam emas. Bu borada olib borilaotgan ishlar ko`lamini ham yomon deb bo`lmaydi. Lekin baribir, dunyonig ayrim nuqtalarida bolalar hamon ymon sharoitda kun kechirishmoqda, urush va turli ixtiloflar ta`sirida aziyat chekayotgan bolalarning aybi nimada? dastlabki ma`lumot olmagan savodsiz bolalar soni u qadar ko`p emas den kim ayta oladi? Xullas, bu boorada o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammlolar talaygina. Fakt va dalillarga murojaat etsak, BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan o`tkazilgan ommaviy so`rovlarga ko`ra, qariyib yer sharidagi jami bolarlarning yarmidan ko`prog`i jismoniy va ruhiy zo`riqish – ya`ni odatiy ish sharoitidagi oilalarda istiqomat qilishadi. Har o`n boladan bir nafari kattalarning tajovvuzkorona hatti-harakatlarining qurboniga aylanadi. Turli davlatlarda bolalar turlicha xavf-xatar domiga tortiladilar. Agar buni farovon amerika jamiyati misolida qaraydigan bo`lsak – bu o`ta haddan ziyod ko`p televizor oldida vaqt o`tkazishdir. Ayrim Afrika va Osiyo davlatlarida esa bolalar ochlik, SPID, savodsizlik va urushlardan aziyat chekishadi. Boalar o`limi holati nisbatan rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda ikki barobar yuqori. Rossiyada bolalar qatlami 35 mln. nafarni tashkil qilsa, shulardan 12%ni haqiqatda sog`lom deb aytish mumkin. Moskva shahridagi “Tez yordam” xizmatining ma`lumotiga ko`ra, bir kunda o`rtacha 3-4 ta o`zini-o`zi o`ldirshga urinish bo`ladigan bo`lsa, shulardan taxminan uchtasi o`smirlar tomonidan sodir etiladi. Mamlakatdagi o`smirlarning qariyib yarmi narkotik moddalar iste`mol qiladi, har 1000 ta aholidan 760 ta bola narkologik dispanserlarda ro`yxatda turadi. Biz bolani hayotimiz quvonchi, ertangi kunimizning umidi deb ataymiz, ularni suyub erkalaymiz ham, lekin shu bilan birga e`tiborsiz ham qaraymiz. Bizga o`ta jo`n va sodda ko`ringan bolalarning ichki dunyosi aslida shundaymikan? Kattalar hamisha bolaning sog`lom turmush tarzi va erkin bilim olishini ta`minlab berishga mas`uldirlar. Unutmang, bugungi bolalarning kayfiyati, ertangi kun jamiyat qiyofasini belgilab beradi. Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling