A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


bolalar - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (voyaga yetmagan) shaxslar; bolalarning sog‘lig‘i


Download 421.04 Kb.
bet8/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

bolalar - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
bolalarning sog‘lig‘i - bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomlik holati;
bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot - bolalar o‘rtasida tarqatilishi ushbu Qonunga muvofiq taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti16. 
Umuman olganda ushbu qonunda bolalarning sog‘lig‘iga axborot orqali yetishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish maqsad qilingan. Shuningdek, bolalar ongiga g‘ayriqonuniy axborot-ruhiy ta’sir ko‘rsatilishining, ularga hiyla ishlatilishining, bolalarni g‘ayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti tarqatilishining oldini olish, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish nazarda tutiladi.
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari.
Shuningdek, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ushbu masalada maxsus vakolatli davlat organidir17.
Bundan tashqari, Ommaviy axborot vositalari bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlar haqida materiallar tayyorlash hamda aholining axborotga oid madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan tadbirlarni yoritishi qonunda ko‘rsatilgan.
Qonunning 3-bobi 16-moddasida Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash hamda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi keltirilgan.
Shuningdek, 17-moddada Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi keltirilgan bo‘lib, yetti yoshda bo’lmagan voyaga yetmaganlar uchun «0+», yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun «7+», o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun «12+», o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun «16+», bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti «18+» yozuvini aks ettirishi zarur.
Qonunning 5-bobida Axborot mahsulotining ekspertizasi va uning huquqiy oqibatlari keltirilgan. Shuningdek, 23-moddada Nizolarni hal etish tartibi, 24-moddada mazkur qonun normalarini buzganlik uchun javobgarlik o’z aksini topgan. 
Ushbu Qonunning oxirgi 27-moddasida mazkur Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy muddat o‘tgach kuchga kirishi ko’rsatilgan.
Qonun 6 bob, 27 moddani o’z ichiga olgan bo‘lib, unda umumiy qoidalar, Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar, Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash hamda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi, Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish ta'minlanishini inobatga olgan holda axborot mahsulotining aylanishiga qo‘yiladigan talablar va yakunlovchi qoidalardan iborat. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shu bilan birga, Qonunda axborot mahsuloti, axborot mahsulotining aylanishi, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi, axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi, bolalar, bolalarning sog‘lig‘i, bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot va ekspert kabi tushunchalarga to‘xtalib o‘tilgan. Qonunga ko‘ra, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish borasidagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari quyidagilarni tashkil qiladi: bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta'minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va texnikaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish; bolalar ongiga g‘ayriqonuniy axborot-ruhiy ta'sir ko‘rsatilishining, ularga hiyla ishlatilishining, bolalarni g‘ayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti tarqatilishining oldini olish, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish; fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari18ning, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, jismoniy va yuridik shaxslarning bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash mezonlari, mexanizmlari va uslublarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, bolalarning axborot xavfsizligini ta'minlashning dasturiy-apparat va texnika vositalarini joriy etish. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatli organlarga Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari kiradi19.



Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling