A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022
Download 421.04 Kb.
|
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22
Bola huquqlari bo'yicha qo'mita. Bola huquqlari bo'yicha qo'mita Bola huquqlari bo'yicha konvensiyaning 43-moddasiga binoan 1991-yilda tashkil etilgan. Bu Qo'mitaning birinchi sessiyasi 1991-yilda bo'lib o'tgan. Qo'mita o'n nafar ekspertdan iborat. Uning zimmasiga bola huquqlarini rag'batlantirish uchun ko’rashayotgan, Konvensiya qatnashchisi bo'lgan barcha davlatlar o'rtasida muntazam muloqot yo'lga qo'yilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan. Ular mustaqil faoliyat yuritadilar. Qo'mita majlislari har yili Jenevada bo'lib o'tadi. Qo'mita faoliyati to'g'risida ma’ruza ikki yilda bir marta EKOSOS orqali Bosh Assambleyaga taqdim qilinadi.
Qo'mita Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar o'zlarining bu boradagi majburiyatlarini qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiyaning 44-moddasiga binoan, a’zo-davlatlar Qo‘mitaga Konvensiyada tan olingan huquqlarni mustahkamlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g'risida ma’ruzalar taqdim etishlari shart bo‘ladi. Davlallar ma’ruzasida Konvensiya bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola huquqlarini amalga oshirish sohasidagi taraqqiyotto‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar aksetgan bo‘lishi kerak. Birinchi ma'ruza tegishli davlatga Konvensiya kuchga kirganidan so‘ng ikki yil ichida taqdim qilinishi shart. Keyingilari esa, keyingi har besh yil ichida bir marta taqdim etiladi. Konvensiyaga muvofiq, a’zo-davlat o‘z hududida ma’ruzalari oshkoraligini ta’minlab berishi lozim. Qo‘mita ma'ruzalarni o‘rganib, umumiy harakterdagi taktif va tavsiyalar berishi mumkin. Agar ma’ruza yuzasidan mulohazalar qilinsa, bu haqda Bosh Assambleyaga xabar qilinadi. Qo‘mitaning mulohazalari yuridik majburlov kuchiga ega emas Lekin, Qo‘mita mutohazalarini inobatga olmaslik Konvensiyaga hurmatsizlarcha qarashni bildiradi. Qo‘mitada Konvensiyada ko‘rsatilgan huquqlar bo‘yicha ekspertlar faoliyat yuritadilar. Ekspertlar o‘z davlati manfaatidan kelib chiqib emas, balki mustaqil ekspert sifatida ish olib boradilar. Bu esa, ularning adolatli mulohaza chiqarishini ta’minlaydi Download 421.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling