O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari


Download 284.5 Kb.
bet34/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari ish yuzasidan to‘plangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.
Taraflardan biri o‘zining talablari yoki e’tirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi bo‘lsa, bu fakt umumiy asoslarga ko‘ra isbotlanishi lozim.
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan bo‘lsa, mazkur ariza ishga qo‘shib qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 48, 49, 66-moddalari, 71-moddasi birinchi qismi, 78-moddasi ikkinchi qismi, 227, 229-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 20-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandi to‘rtinchi xatboshisi, 17-bandi birinchi xatboshisi.
82-modda. Guvohni chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
Guvohni chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini ko‘rsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, o‘qish joyini ma’lum qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56-moddasi.
83-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida so‘roq qilish
Ishni ko‘rayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelish imkoniga ega bo‘lmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoxud guvohning o‘z iltimosnomasi bo‘yicha, ishni ko‘rib chiqayotgan sudning topshirig‘iga binoan o‘zlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda so‘roq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan so‘roq qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 229 — 232-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling