O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar


Download 284.5 Kb.
bet75/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

173-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga:
Oldingi tahrirga qarang.
1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
(173-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
3) talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 174-moddalari, 176-moddasi birinchi qismi 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi.
174-modda. Davlat boji
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonun hujjatlarida da’vo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.
Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 131-moddalari, 173-moddasi birinchiqismi 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 7, 22-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling