O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi


Download 284.5 Kb.
bet92/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Sud majlisida shu sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari to‘liq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy ta’sirini ta’minlaydi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga e’tiroz bildirgan taqdirda, bu e’tirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi.
Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni ta’minlash uchun zarur choralar ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17, 19-moddalari.
212-modda. Sud majlisi zalidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir bo‘lganlarning barchasi o‘rnidan turadi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar bo‘lmasa, sud majlisi zaliga qo‘yilmaydi.
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga o‘z tushuntirishlari va ko‘rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir bo‘lgan barcha fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya etishi va raislik qiluvchining farmoyishlariga so‘zsiz bo‘ysunishi shart.
Alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilingan sud hujjatini sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning barchasi tik turib eshitadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145, 146, 150-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 23.02.2018-yildagi “Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” qarori.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling