O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet39/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Shartnoma shakli. Konvensiya oldi – sotdi shartnomasining shakli xususida biror bir muayyan talablar qo‘ymagan. Xususan, 11 – moddada shartnoma tuzish uchun biror bir yozma rozilik bitimi shart emasligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birgalikda, agar shartnoma yozma shaklda qayd etilishi lozimligini aks ettiruvchi nizomdan iborat bo‘lsa, 29 – moddada yozilishicha, bundan boshqa hollarda shartnomani rozililik asosida bekor qilish yoki o‘zgartirishlar kiritish mumkin emas.
Konvensiyaning ikkinchi qismida oferta va aksept tomonlar shartnoma tuzishda yuzaga keladigan bir qancha masalalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi. Shartnomani tuzish shu usulda amalga oshirilsa, ofertaga rozilik kuchga kirgandan so‘ng tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif ofertaga aylanishi uchun u bir yoki bir nechta muayyan shaxslarga qaratilgan bo‘lishi va aniq yoritilgan bo‘lishi lozim. Qachonki shartnomada tovarning nomi yoki tovar miqdori va narxi ko‘rsatilgan bo‘lsa taklif aniq hisoblanadi.
Sotuvchining majburiyatlari. Sotuvchining umumiy majburiyatlari ikki tomon o‘rtasida tuzilgan shartnoma va ushbu Konvensiya qonun – qoidalariga muvofiq ravishda tovarlar, ularga tegishli hujjatlarni yetkazib berishdan iborat. Shu bilan birga Konvensiyada shartnoma va bitimlarda aks ettirilmagan qo‘shimcha qoidalar (sotuvchi tomonidan tovarlarni yetkazish vaqti, joyi va yetkazish usuli) bilan bog‘liq ko‘rsatmalarga to‘xtalib o‘tilgan. Konvensiyada tovarning sifati bilan bog‘liq bo‘lgan sotuvchining majburiyati qoidalari qonuniy meyorlar bo‘yicha ko‘rsatilgan. Umuman aytganda, sotuvchi shartnomada kelishilgan miqdorda, sifatli darajada, qadoqlangan tarzda tovarlarni yetkazib berishi lozim.
Tovarga qo‘yiladigan talablar. Tovarlarni oldi – sotdi munosabatlarida juda muhim o‘rin tutadigan meyoriy hujjatlaridan biri sotuvchining majburiyatlari uchinchi tomonning e’tirozlaridan holi tarzda yetkazib berishi hisoblanadai.
Tovarning sifati haqida Konvensiyada xaridorning tovarni tekshirib, ko‘rib olish majburiyati to‘g‘risida Nizomi mavjud. Xaridor tovarning shartnomaga to‘g‘ri kelmaydigan jihatlarini payqagach bu haqda ogohlantirishi lozim. Kechiktirilgan tovar xaridorga kelib tushgandan so‘ng ikki kundan kechiktirmagan holda bildirishnoma yozib murojat etishi lozim.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifatini aniqlash, bu sotib oluvchining talabi asosida tovarga sifatli tavsifni o‘rnatish demakdir. Tovar sifatini tanlash, uning tavsifidan va xalqaro savdo amaliyotidan kelib chiqan holda va boshqa shartlar asosida amalga oshiriladi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling