O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Akkreditiv – xalqaro to‘lov shakli


Download 0.57 Mb.
bet49/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112

Akkreditiv – xalqaro to‘lov shakli


Xalqaro hishob-kitoblar hujjatlashtirilgan xususiyatga ega, yani ular moliyaviy va tijorat hujjatlari asosida bajariladi. Moliyaviy hujjatlar qatoriga oddiy va o‘tkaziluvchi veksellar, cheklar, to‘lov bajarilganligi haqida tilxatlar kiradi. Tijorat hujjatlari qatoriga hishob-faktura, tovarlarni yuklash yoki tushirishhni tasdiqlovchi
yoxud ortishga qabul qilinib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar (masalan, ishlab chiqarilgan joyini, og‘irligini, sifatini yoki tovar talqini hamda chegaradan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikatlar, bojxona va konsul hisob varaqalari) kiradi.
Xalqaro hisob-kitobning akkreditiv shakli jahon amaliyotida eng keng tarqalgan shakldir. Undan tashqari, yuqorida takidlanganidek, O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 1994- yil 20- aprelidagi “eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra eksport-import operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarning asosiy shakllaridan biri hujjatlashtirilgan akkreditivdir
Hujjatlashtrilgan akkreditiv- bu akkreditiv ochgan bankka tovarga to‘lovga oid majburiyatni o‘tkazishdir. Bu eksport qiluvchi uchun hisob-kitob qilishning eng foydali shaklidir. Chunki u to‘lovning ishonchliligini va uning tez olinishini taminlaydi. Eksport qiluvchini valyuta va siyosiy xatarlardan himoya qiladi. Aksincha, import qiluvchi uchun akkreditivning foydasi kamroqdir, chunki u mablag‘ning akkreditivda himoyalashuvini nazarda tutadi va, demak, mablag‘larning aylanmashini sekinlashtiradi. Akkreditiv ochishga oid xarajatlar, odatda, import qiluvchi zimmasiga tushadi. Bankka tushadigan kommission mukofot inkassoga nisbatan ko‘proqdir.
Takidlash joizki, hisob-kitobning akkreditiv shakli eksport qiluvchi va import qiluvchiga majburiyatlarining bajarilishini taminlash qurollaridan biridir. Hisob- kitobning akkreditiv shaklida, sotuvchi tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar kelishilgan muddatda taqdim etilsa, bank sotuvchiga ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lab berishga majbur.
Shartnomada tomonlar akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarning harakat muddatini va tartibini kelishib oladilar. Qoida bo‘yicha, bu tovar yetkazib beruvchilar bilan ularning majburiyatlarini bajarishga oid muddatga moslanishi zarur.
Akkreditivlarni taminlanishi va to‘lov usullari bo‘yicha dasdiqlaydilar. Taminlanishi bo‘yicha akkreditivlar chaqirib olinadigan, chaiqrib olinmaydigan, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin. To‘lov usuli bo‘yicha akkreditivlar talab etilganidan so‘ng beriladigan akkreditiv, aksept akkreditiv, to‘lov muddati surilgan akkreditiv, avans akkreditiv, revolver akkreditivga bo‘linadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv emitent-bank tomonidan, mablag‘ oluvchini oldindan ogohlantirmasdan, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda, chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha bank xaridorning talabiga binoan uni ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirishi yoki bekor qilish huquqiiga egadir. Agar hamkorlar o‘zaro muddatli ish aloqalari bois bir birlariga to‘la-to‘kis ishonch bildirsa, akkreditivning bu turi foydali bo‘ladi. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, bank xaridorning talabiga binoan, uni ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirishi yoki bekor qilish huquqiiga ega, bu esa sotuvchi uchun ko‘zda tutilmagan qo‘simcha xarajatlarni yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Undan tashqari, agar akkreditivda u chaiqrib olinadiganmi yoki chaqirib olinmaydiganligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u avtomatik tarzda chaiqrib olinadigan deb tan olinadi.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv deb mablag‘ oluvchini roziligini olmasdan
turib bekor qilib bo‘lmaydigan akkreditivga aytiladi. Akkreditiv operatsiyasini amalga oshirishda qatnashuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi bank, emitent-bank iltimosiga ko‘ra, chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlab berishi mumkin. Mazkur holat, xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘z zimmasiga, akkreditiv shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olishini bildiradi. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv, ayniqsa, xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan akkreditiv, mazkur bank roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emasligi tabiiydir.
Yuqorida aytb o‘tilganidek, benetsifar uchun ikkita bog‘liq bo‘lmagan majubriyat mavjuddir:

  1. Akkreditiv ochgan bankning majubriyati

  2. Akkreditiv tasdiqlagan bankning majburiyati.

Akkreditivdan foydalanish shartlari belgilanishi kerak va ularni noto‘g‘ri izohlashga imkoniyat bermaslik zarur. Hamda, mablag‘ oluvchi uchun akkreditiv bajarilishi borasida to‘sqinlik qiladigan shartlardan holi bo‘lishi kerak.
Akkreditiv bo‘yicha avans to‘lov shakli mavjud – bu qo‘simcha shartli to‘lovdir, bu sotuvchi uchun maxsus imtiyoz demakdir. Mazkur holat, tovarni akkreditiv hujjatlarni yuborilishigacha tovarni jo‘natish uchun bankga akkreditivning bir qismini avans shaklida to‘lash imkonini beradi. Mazkur to‘lov tavakkalchiligi akkreditiv ochgan shaxs zimmasiga tushadi.
Umuman, akkreditivlar amaliyotda turli shakllarda uchraydi. Birinchi qarorni, aynan akkreditivning asosiy shaklini tanlab olish borasidagi qarorni, odatda, shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borish jarayonida qabul qilinadi. Ikki tomonning manfaatini ko‘zlab, akkreditiv shartlarini aniq va lo‘nda bayon etiladi.
Takidlash joizki, xaridor akkreditivni ochgandan keyin ham uning shartlari shartnomada belgilab ketirilgan shartlarga mosligini yana bir bora ishonch hosil qilmoq zarur. Akkreditivdan foydalanishga imkon bermaydigan arzimagan o‘zgartirishlar kiritilsa ham, sotuvchi xaridordan akkreditiv shartlarini shartnoma shartlariga moslashtirishni talab etishi lozim. Agar akkreditivning shartlari aniq bajarilmasa, bank tomonidan uning taminoti bekor qilinishi hamda, hujjatlarda arzimagan o‘zgarishlar bo‘lsa ham ularni qabul qilmasligi mumkin.
Shartnomalar ishonchli, o‘zaro manfaatli, barqaror va ishtirokli bo‘lishi zarur.Hisob-kitobning akkreditiv shakli xalqaro savdoda eng keng tarqalgan shaklidir. Shu bois, adabiyotda xalqaro akkreditiv bitimlarining huquqiy mohiyati tahliliga katta ahamiyat berilmoqda.
Hisob-kitobning akkreditiv shaklida akkreditivni boshqarayotgan mijoz (import qiluvchi) topshirig‘i bilan faoliyat ko‘rsatayotgan bank (emitent-bank) mijozining hisob raqamidan (eksport qiluvchiga) akkreditivda belgilangan hujjatlari, avvalam bor, tovarni topshirish, yuk tashib olish uchun qabul qilinganligi haqida hujjatlar topshirilgandan so‘ng uning kontragent-benefistiriga mablag‘ o‘tkaziladi. Emitent- bank (xaridorning banki) sotuvchi mamlakatida joylashgan boshqa bankni jalb etadi, mazkur bank akkreditiv bitimda xizmat ko‘rsatuvchi bank sifatida qatnashadi. Aynan mazkur bank eksport qiluvchi bilan ishlaydi, undan hujjatlarni qabul qilib oladi va ular asosida to‘lovni amalga oshiradi. “Biroq, xizmat ko‘rsatuvchi bank hujjatlarni qabul qilib olish va ularni teksirish bo‘yicha majburiyatlarini bevosita
akkreditiv asosida emas, balki, munosib topshiriq bergan, emitent-bank bilan korrespondent munosabatlari asosida bajaradi”
“Akkreditiv” tushuncasi asosan ikki ma’noda ishlatiladi: birinchidan, hisob- kitobning bir shakli sifatida; ikkinchidan, emitent-bankning benefistar oldidagi majburiyati, avvalom bor pullik majburiyati sifatida.
Akkreditiv operatsiyasining mohiyati quyidagi ketma-ketlikda namoyon bo‘ladi:

  1. xaridor (import qiluvchi) savdo-sotiq shartnomasiga asosan o‘z bankiga sotuvchi foydasiga akkreditiv ochishga oid iltimos bilan murojaat etishga majbur; mazkur bosqichda to‘lov amalga oshirilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar, to‘lov miqdori, akrreditivning boshqa shartlari borasida kelishuvlar tasdiqlanadi;

  2. xaridorning banki, xaridor topshirig‘ini bajarib, sotuvchi banki bilan muloqotga kirishadi (odatda, banklar o‘rtasida korrespondent munosabatlar mavjud bo‘ladi); sotuvchining bankiga akkreditivni bajarilish borasida pul mablag‘i o‘tkaziladi hamda sotuvchining banki sotuvchi to‘lovni qanday shartlarda bajarilishi mumkinligi haqida xabar beriladi;

  3. sotuvchining banki sotuvchiga uning foydasiga akkreditiv ochilgani haqida xabar beradi hamda unga akkreditiv shartlarini ma’lum qiladi, avvalam bor, to‘lov amalga oshirilishi uchun zarur hujjatlar ro‘yxatini taqdim qiladi;

  4. sotuvchi (eksport qiluvchi) tovarni yetkazib berib hamda yuk tushirish (masalan, konosament, yuk to‘g‘risidagi xat) va boshqa hujjatlarni qabul qilib olib, ularni o‘z bankiga tadim qiladi;

  5. sotuvchining banki qabul qilib olingan hujjatlarni akkreditiv shartlari bilan solishtirib, ularga mos tushgan holda to‘lovni amalga oshiradi, yani sotuvchi hisobiga belgilangan pul miqdorini o‘tkazadi;

  6. sotuvchidan olingan hujjatlarni sotuvchiga xizmat ko‘rsatayotgan bank xaridor bankiga yuboradi. U o‘z navbatida, ularni xaridorga tovarni olish uchun topshiradi. Yuk tashuvchi tovarni taqdim etilgan hujjatlar evaziga yuk tashish shartnomasi shartlariga asosan topshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari tomonidan eksport qilinuvchi tovarlar bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun akkreditivlar xorijiy banklar tomonidan xorijiy xaridor- firmalar topshirig‘i bilan mamlakatimiz sotuvchilari foydasiga ochiladi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi banklari xizmat ko‘rsatuvchi banklar sifatida ishtirok etadi. Bunday shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi banklari konosament, sug‘urta polisi va trattalarning teskari tomonida, hujjatlar yuborilayotgan xorijiy bank foydasiga uzatish yozuvi qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasiga import qilinuvchi tovarlar uchun hisob-kitob akkreditivi mahalliy xaridor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bankida xorijiy sotuvchi-firma foydasiga ochilishi kerak. Bu holda xizmat qiluvchi bank sifatida xorijiy banklar ishtirok etadi. Demak, aynan xorijiy bank o‘z mijozi – xorijiy xaridordan konosament, sug‘urta polisi va trattani qabul qilib bo‘lganidan so‘ng ular asosida O‘zbekiston Respublikasi banki (emitent-bank) foydasiga indosamentni (moliyaviy rag‘batlantirishni) amalga oshiradi.

    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling