O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Hujjatlashtirilgan tovarlar oldi-sotdi sxemasi


Download 0.57 Mb.
bet48/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112

Hujjatlashtirilgan tovarlar oldi-sotdi sxemasi


Xalqaro hujjatlashtirilgan savdo-sotiq bitimi qanday amalga oshiriladi? Xaridor va sotuvchi o‘rtasida tovarlar savdo-sotig‘i haqida shartnoma tuzilayotgan vaqtda sotuvchi unga shartini va to‘lov shartini kiritishni talab qiladi. To‘la ishonch uchun sotuvchi to‘lovni tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv vositasida amalga oshirishni talab qiladi va zarur hujjatlar haqida batafsil ko‘rsatmalar berishi kerak. Savdo-sotiq shartnomasiga to‘lovlarga oid shartning kiritilish sababi shundaki, xaridor akkreditiv ochishi va tovarga to‘lov yetkazib berilganidan keyin emas, balki hujjatlar evaziga to‘lovni amalga oshiradi. Shuning uchun to‘lovga oid shartlar bo‘yicha kelishib olish va ularni shartnomada qayd etish zarur. Shartnomada bunday shartlar nazarda tutilmaydi, balki aniq belgilab qo‘yiladi. Odatda bu:

  1. aylanma konosament (u transport kompaniyasi tomonidan tovarlarni olganligini va mazkuir tovarlarni faqat hujjat egasiga topsirish majburiyatini tasdiqlaydi;

  2. hisob - faktura( uning tarkibida tovarlarning navi, miqdori va narxi kabi bitim shartlari kiritiladi;

  3. dengiz sug‘urta qilish polisi tovarlarni dengiz bo‘yicha olib o‘tilganda;

  4. tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish sertifikati (u tijorat nazorat firmasi tomonidan beriladi va belgilangan turdagi va miqdordagi tovarni tushirib bo‘linganini tasdiqlaydi);

  5. eksport lishtenziyasi yoki sanitar ko‘rikidan o‘tkazish sertifikati (u tovarlar eksport qilinishi uchun ko‘rikdan o‘tganini tasdiqlaydi);

  6. tovarlar kelib chiqishi haqidagi sertifikat (ta’riflarni baholash uchun import qiluvchi mamlakatining bojxonasida tovarlarni kelib chiqishi borasida foydalanadigan qoidalarga mos sertifikat.

Agar xaridor akkruditiv vositasida to‘lovni amalga oshirish shartiga rozi bo‘lsa, xaridor (to‘lovchi yoki mijoz) xaridor banki bilan akkreditivni (kreditni) sotuvchiga (benefishtiarga) berish haqida shartnoma tuzadi. Akkreditiv – bu bankning, sotuvchi akkreditivda (avval savdo-sotiq shartnomasida) ko‘rsatilgan hujjatlarni bankka taqdim etilsa, shartnomaviy bahoni to‘lashga doir aniq majburiyatidir. xaridorning banki xaridorning kredit imkoniyatlarini uqiladi va xaridordan pullarni undirish
uchun mos harakatlarni (birdan yoxud shu bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash yo‘li bilan) amalga oshiradi. Bank bu ishni akkreditiv berilishiga qadar bajaradi, chunki xaridor banki akkreditiv shartlarini, agar bu Chaqirib olinmaydigan akkreditiv bo‘lsa, akkreditiv berilguncha bajarishi lozim.
Agar sotuvchiga unga ma’lum bo‘lgan bankdan majburiyatlar talab etilsa, unda akkreditiv sotuvchi banki tomonidan tasdiqlanishi kerak. xaridor banki o‘z akkreditivini xaridorga boshqa, sotuvchining banki orqali yuboradi. Bu oddiy tasdialash yo‘li bilan amalga oshiriladi: “Mazkur akkreditivni tasdialaydimi”, yani bu holda sotuvchining banki sotuvchi oldida zimmasiga aniq majburiyatni oladi – agar sotuvchi unga zarur hujjatlarni taqdim etsa, u shartnomaviy narxni sotuvchiga to‘lab beradi. Agar savdo-sotiq shartnomasi bo‘yicha akkreditivni tasdiqlash talab etilmasa, xaridorning banki akkreditivni sotuvchiga yaqin bo‘lgan ma’lum qiluvchi bank orqali yoki maslahatchi bank orqali yuborishi mumkin. Bu bank sotuvchi oldida zimmasiga hech qanday majburiyat qolmaydi, faqat hujjatni qabul qilib, uni xaridor bankiga inkassoga yuboradi.
Akkreditiv berilib, tasdiqlanganidan keyin, sotuvchi tovarlarni joylashtiradi va hisob-fakturani yozib beradi hamda tovarlarni tashish vaqtida amal iqluvchi sug‘urta sertifikatini (shartnomaning yana bir turini) oladilar. Agar ko‘rikdan o‘tganligi haqida sertifikat talab etilsa, tovarlarni savdo-sotiq shartnomasida ko‘rsatilgan nazoratchiga taqdim etiladi va nazorat firmasi tovarlar savdo-sotiq shartnomasida berilgan ta’rifga mos kelishi haqida sertifikat beradi. Sotuvchi o‘z mamlakatining bojxonasiga (masalan, eksport lishtenziyasi) va xaridor mamlakati bojxonasiga ( tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat) zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi. Keyin sotuvchi tovarlarni yuk tashuvchiga yuboradi, u, o‘z navbatida, tilxatdan va shartnomadan iborat aylanma konosamentni yozib beradi.
Sotuvchida zarur barscha hujjatlarning jamlanmasi mavjud. Bu hujjatlar sotuvchining bankiga topshiriladi. Bank sotuvchiga hujjatlar taqdim etilishi bilan shartnomaviy narxni to‘lab berishi shart. To‘lovni olish uchun sotuvchi hujjatlarga trattani ilova qiladi, banklar esa akkreditivda bunday trattaga pul to‘lab berishni zimmalariga oladilar. Tratta (qoidada o‘tkazma veksel deb nomlanadi) sotuvchi tomonidan sotuvchining bankiga, xaridorning bankiga yoki xaridorning o‘ziga shartnomaviy narx miqdoriga teng chekka o‘xshashdir. Agar savdo naqd pulda amalga oshirilgan bo‘lsa, tratta bo‘yicha talabga qarab pul to‘lanadi, agar kreditdan foydalanilgan bo‘lsa, keyinroq ham to‘lanishi mumkin.
Sotuvchining banki hech qachon tovarlar bilan ishlamaydi, u faqat hujjatlar bilan ish yuritadi, shuning uchun bank, hujjatlar akkredlitiv talablariga to‘liq mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqadi, chunki hujjatlar uning yagona himoyachisi hisoblanadi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling