O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


UNIDRUA Konvensiyasida lizing shartnomasi ta’rifi


Download 0.57 Mb.
bet58/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112

UNIDRUA Konvensiyasida lizing shartnomasi ta’rifi


Konvensiya moliyaviy lizing bitimlavrini tartibga soladi, unda bir tomon (ijaraga beruvchi) boshqa tomon (ijarachi) ixtisosi bo‘ycha uchinchi tomon (yuk yetkazib beruvchi) bilan shartnoma (yuk yetkazib berish shartnomasi) tuzadi. Unga muvofiq, ijaraga beruvchi ijarachi tasdiqlagan shartlar asosida asbob-uskuna xarid qiladi, va ijarachi bilan shartnoma (lizing shartnomasi) tuzadi hamda unga asbob-uskunadan davriy to‘lovlarni bajarish evaziga asbob uskunadan foydalanish huquqiini beradi ( 1-moddaning 1-bandi). Shunday qilib, moliyaviy lizing bitimi ikki xil turdagi, o‘zaro bog‘liq shartnomalardan iborat: lizing asbob-uskunasini yetkazib berish shartnomasi va aynan lizing shartnomasi.
Konvensiya 1-moddasining 2-bandiga ko‘ra, moliyaviy lizing bitimi quyidagi
xususiyatlarga ega:

  1. ijarachi asbob-uskunani belgilaydi va yuk tashuvchini tanlab oladi;

  2. asbob-uskuna, ijarachi va ijaraga beruvchi o‘rtasida tuzilgan yoki tuzilishi kerak bo‘lgan lizing shartnomasi asosida xarid qilinadi;

v) lizing shartnomasi asosida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan davriy to‘lovlar asbob-uskuna qiymatining amortizatsiyasi nazarda tutib hisoblanadi.
Asbob-uskunani aynan ijarachi belgilab, yuk tashuvchini ijarachi tanlagani uchun ijaraga beruvchi asbob-uskunaga oid ixtiyoriy ma’suliyatdan ozod etiladi. Ijarachi ijaraga beruvchining tajribasiga asoslanib va ijaraga beruvchi yuk tashuvchi yoki asbob uskuna ixtisosi tanloviga aralashganda ziyon ko‘rgan hol bundan istisno (8-moddaning 1-bandi). Undan tashqari, Konvensiyaning 10- moddasiga muvofiq, yuk yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha yuk yetkazib berish majburiyatlari ijarachiga ham aloqador. Yani bunday shartnomaning ishtirokchisi bo‘lib, asbob-uskunaga extiyotkorona harakat qiladi. Biroq, yuk tashuvchi yetkazilgan bitta ziyon uchun bir paytda ham ijaraga beruvchi oldida, ham ijarachi oldida javobgar bo‘lmaydi. Shunday qilib, asbob-uskuna yetkazib beruvchiga nisbatan ijarachi va ijaraga beruvchi yakdil kredit beruvchilardir. Biroq, ijarachi yuk yetkazib berish shartnomasi bajarilishini ijaraga beruvchining roziligisiz to‘xtatishi yoki bekor qilishga haqli emas.
Adabiyotda Konvensiya bo‘yicha lizingning huquqiy mohiyatini tushunish bir xilda emas. Lizingni, ijaraga beruvchi, ijarachi, yuk tashuvchi qatnashgan, uch tomonlama shartnoma sifatida ko‘rish - qancha keng tarqalgan yondashuvdir.

    1. Kabatova fikricha, Konvensiya mualliflari quyidagiga asoslangan:

      1. lizingni mustaqil huquqiy institut sifatida ko‘rish;

      2. ikkita – savdo-sotiq va bevosita lizing shartnomalarini bitta uch tomonlama bitim sifatida ko‘rishdir.




    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling