O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov- kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol
Download 129.53 Kb. Pdf ko'rish
|
2961-1~1
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qoidalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishning kunduzgi bo‘limida (ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim bundan mustasno) tahsil olayotgan talabalarga qo‘llaniladi. 2. Mazkur Nizomga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab- quvvatlanadi.
01.02.2021 2961-сон 10.01.2018. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘… https://lex.uz/ru/docs/-3497684 2/3
Moddiy qo‘llab-quvvatlash Ittifoq tomonidan talabaning o‘qishi uchun to‘lanadigan yillik to‘lov- kontrakt miqdorining 35 foizini to‘lab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarni moddiy qo‘llab- quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalar ikkinchi bosqichdan boshlab moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega bo‘ladilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism Qo‘mondonligining tavsiyanomasi asosida oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga mazkur Nizomda belgilangan moddiy qo‘llab-quvvatlash imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Download 129.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling