O'zbekistonning Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishining afzalliklari va kamchiliklari


O‘zbekistonning tashkilotdagi istiqboli qanday?


Download 47.07 Kb.
bet3/14
Sana02.01.2022
Hajmi47.07 Kb.
#185375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
18-19 tayyor

O‘zbekistonning tashkilotdagi istiqboli qanday?

O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo’lsa, Qirg‘iziston bilan bo‘lgan voqealar takrorlanmasligiga kafolat bormi?! Ehtimol. Avvalo, 33 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekistonning 18–40 yosh atrofidagi aholisining katta qismi Rossiyada mehnat muhojirlaridir. Ehtimol, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi mehnat muhojirlarining ahvolini yengillashtirar. Ikkinchidan, O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini a’zo mamlakatlar orqali bojsiz va kam xarajat bilan dengiz orqali Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo mamlakatlariga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Har narsaning o‘z badali bo‘ladi. Bu badal siyosiy sohada O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilmaydi degan fikrdan yiroqman. Bu ta’sir nimalarda ko‘rinishi mumkin? Birinchidan, Rossiyaning O‘zbekistonga iqtisodiy pishanglar yordamida bosim o‘tkazish imkoniyati kengayadi. AES qurilishi bu imkoniyatni yanada kuchaytirib yuborishi ham mumkin.

Ikkinchidan, ko‘plab kichik va o‘rta o‘zbek korxonalari xonavayron bo‘ladi va sinadi. Davlat etagidan tutgan “O‘zavtosanoat”, Akfa kabi yirik monopolist tashkilotlarning istiqboli ijobiy hal qilinsa-da, O‘zbekiston iqtisodiyotining importga qaramligi yanada ortishini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Uchinchidan, AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan joriy qilgan iqtisodiy jazo choralari O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladi. AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan “o‘zbek bahori” natijasida jonlana boshlagan aloqalar yanada boshi berk ko‘chaga kirib qolishi mumkin. Hattoki sanksiyalarning bir uchi o‘zbek iqtisodiga ta’sir etib, shundoq ham kuchsiz bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotini murakkab ahvolga solib qo‘yadi. AQSh va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak berib turgan bir sharoitda ittifoqqa kirish G‘arb davlatlarining ko‘magidan benasib qolish deganidir.

To‘rtinchidan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasini qo‘llab kelmoqda. Bu esa O‘zbekistonda Xitoy ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Markaziy osiyoliklarning aksari Xitoy ekspansiyasiga qarshi ekanini inobatga olsak, bu ijtimoiy barqarorlikka ham xavf tug‘diradi.




Download 47.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling