O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


XX sarning 20-30-yillardagi O’zb.ning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti


Download 1.01 Mb.
bet236/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   287
79. XX sarning 20-30-yillardagi O’zb.ning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.
Xalq ta`limi. 20-30-yillardagi juda murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta'sir o’tkazdi, barcha sohadagi o’zgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo’nalishlarim uzoq yillarga belgilab berdi. Respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan darajasiga o’tish haddan tashqari katta qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lib, keskin mafkuraviy kurash bilan birgalikda davom etib bordi. Shunday bo’lsada, madaniyatni yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari, avva-lo, o’zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashida ko’rinadi. Bundan tashqari, oktabr to’ntarishidan avval katta madaniy ishlar olib borgan jadid deb atalmish ziyolilar xalqqa yordam berish uchun maorif sohasi, maktablarda ishlab, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar. Bu jarayonlar, avvalo, darslar ona tilida olib boriladigan I (besh yillik ta'lim) va II (to’rt yillik ta'hm) bosqich maktablarni ochish va ularni darsliklar, o’quv qurollari bilan ta'minlash, maorif institutlari, o’qituvchilarni tayyorlash kurslari va boshqalarni tashkil etishdan iborat bo’ldi. 1924/25-o’quv yilida respublika byudjetining 24 foizi xalq maorifi uchun ajratildi. Bu maktab qurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I va II bosqichdagi umumta'lim maktablarining soni 1928/29-o’quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi. Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan keng miqyosda kompaniya avj oldirildi. 1921/22-o’quv yilidayoq respublikaning ko’pgina shaharlari va qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko’rsatdi, ularda 50 ming kishi xat-savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash davrining dastlabki yillarida katta qiyinchiliklarga duch keldi: o’qituvchilar, maktab binolari, asbob-jihozlar, o’quv qo’llanmalari, pul mablag’lari yetishmas edi. Biroq bu soha, garchi qiyinchilik bilan bo’lsa-da, izga tusha boshladi, katta yoshli kishilarni o’qitish shakl va usullari takomillashtirildi, savod maktablari tarmog’i birmuncha kengaytirildi, savodsizlikni tugatuvchi mahalliy o’qituvchilar soni oshdi

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling