O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet1/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287

  1. O’zRes Pre. I.A.Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida.

Vatan tarixi fanini yaratish va uni yosh avlodga o'qitish va o'rgatish bo'yicha birdan-bir to'g'ri nazariy, ilmiy-uslubiy asoslarni ishlab chiqish nafaqat tarixiy, balki amaliy, hayotiy ahamiyatga egadir. Sho'rolar hukmronligi davrida barcha fanlarda bo'lgani singari tarix fanining ham nazariy ilmiy uslubiy asosi qilib, marksizm-leninizm metodologiyasi olindi, natijada tarixiy jarayonga baho berishda xolislik, ilmiylik o'rnini shaxsiyatparastlik va bir tomonlama baho berishlik egalladi. Kommunistik mafkura qolipiga tushmagan har qanday voqea-hodisa va qarashlar tanqid qilindi. Bu hol tarix fanining fan sifatida ahamiyatini so'nishiga olib keldi va u siyosiy arboblar hamda kommunistik mafkura targ'ibotchilarining ko'g'irchog'iga aylanib qoldi.
Vatan tarixi fani yoshlarimizning g'oyaviy-siyosiy dunyoqarashini shakllan­tirishda quyidagi nazariy, ilmiy asoslarga suyanmog'i kerak:

  1. Vatan tarixini o'qitish va o'rganish jarayonida tarixiy bilimlar ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog'i lozim. Chunki voqea va hodi­sa­larni bilmasdan ular haqida tushuncha va tasavvurlarga ega bo'lmasdan turib, g'oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas.

  2. Vatan tarixini yoritish o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik xolislik tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yunalish bo'lmog'i lozim.

  3. Vatan tarixininng har bir satri, har bir varag'i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug'orilgan bo'lishi va milliy istiqlol tafakkuri va mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor.

  4. Vatan tarixining o'rganilishi boshidan oxiriga qadar asosiy g'oya-otashin vatanpar­var­lik, baynalminalchilik, insonparvarlik va rostgo'ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymonlilik va e'tiqodlilik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qilmog'i kerak. Kishilarda Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni qaror toptirmog'i darkor.

  5. Vatan tarixi fani-yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz bu fanni o'qish, o'rganish va mutolaa qilish jarayonida O'zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo'lagi ekanligini tushunib oladilar. O'zbekiston ko'p millatli mamlakat ekanligi, o'zbek xalqi va buyuk allomalarimiz fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyotiga qo'shgan munosib hissasi bilan qonuniy sur'atda faxrlanadilar.

Vatan tarixini o'rganishda uning manbalarini bilish g'oyatda muhim. Bu manbaalar nimalardan iborat. Bu eng avvalo o'tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan va dunyodagi juda ko'p xorijiy mamlakatlar ya'ni Hindiston, Xitoy, Afg'oniston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Misr kabi davlatlarning hamda sobiq ittifoq va O'zbekistonning kutubxonalarida saqlanayotgan boy qo'lyozma asarlaridir. Biz hali xalqimizning ana shu o'tmish tarixini o'rganishga yetarli darajada e'tibor berganimiz yo'q. Chet elga qo'lyozma izlab borgan olimlari­miz­ning ilk qaldirg'ochi Hamid Sulaymon bo'ldi. U Hindiston, Angliya va Fransiyaga bir necha bor safar qildi. U nafaqat Navoiy, Xofiz Xorazmiy devonlarini, shuningdek O'rta Osiyo tarixiga oid mikrofilm va fotonusxa­larni olib keldi. Respublikamiz kutubxonlarida ham hali qo'l urilmagan qo'lyozmalar ham navbat kutib turibdi. O'zbekiston FA qoshidagi sharqshunoslik instituti fondida xalqimizning boy o'tmish merosi bor. Ammo eski o'zbek tilida-arab alifbosida yozilgan bu noyob asarlarni hozirgi tilimizga ko'chirib, undan xalqni bahramand qilishdek xayrli ish masalasi muammoligicha qolayotir. Ana shu qo'lyozmalar orasida xon, amirlar saroiyda yashagan solnomachilarning yozib qoldirgan asarlari g'oyat qimmatlidir. Ular mazkur hukmdorlar yoki ularning keyingi vorislari hukmronlik qilgan keyingi yillarda mamlakatda yuz bergan voqealarni kunma-kun, oyma-oy va yilma-yil yozib borganlar. Shuning uchun ham solnomachilar yaratgan asarlar hukmdorlarning nomi bilan atalgan. «Zafarnoma», «Temurnoma», «Shayboniynoma», «Ubaydullanoma» va shu kabilar, ikkinchi va g'oyatda muhim manbaalardan yana biri shoirlar, yozuvchilar, olimu-ulomolarni qoldirgan asarlari ham O'zbekiston tarixi fani bo'yicha ajoyib ma'lumotlar beradi. Al-Xorazmiy, Ali Qushchi, A.Farg'oniy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy va boshqa allomalarning ijodlarida ular yaratgan tarixiy va madaniy muhitga oid qimmatli fikr va xulosalari mavjud. O'zbekiston tarixini o'rganishda tarixiy obidalar, arxeologik qazilma yodgorliklari ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday tarixiy yodgorliklar hozirda 7 000 ta qoldi xolos. O'zbekiston tarixini o'rganishda tarixshunoslik, sharqshu­nos­lik, adabiyotshunoslik, mada­niyat­shunos va boshqa kasbdagi fan olimlari va mutaxassislarining O'zbekiston tarixining u yoki bu davriga oida asarlari ham diqqatga sazovordir.
O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi.
Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va ma'rifatdadir. Ma'naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omildir. «Ma'naviyat,-deb yozadi Islom Karimov,-o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», «tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson».
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi. Barcha o'quv maskanlarida talaba o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Vatan tarixini o'qitish yo'lga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning xaqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixi­ni bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», «Tarix-xalq ma'naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q», «O'zlikni anglash tarixni bilish­dan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo'lish-hayotdan judo bo'lish demak­dir» degan metodologik ahamiyatga molik so'zlari dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.
Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog'chalardan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda, g'amxo'rlik qilinmoqda. «Tarix millatning xaqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda...».



  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling