O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Arablarning O’rta Osiyoni fafh etishi
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Movarounnahr
- Maymurg’ va 667-yilda Chag’oniyondan
- Movarounnahrning zabt etilishi.
- Chag’on ukasi Hurzod
- Sug’d yurishi
- O’n yil davomida muttasil olib borilgan jangu jadallar oqibatida arablar Movarounnahrni egallab oldilar. Choch va Farg’onaning zaht etilishi.
- Madinat ash-Shosh
Arablarning O’rta Osiyoni fafh etishi
651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So’ngra hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o’rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya'ni "daryoning narigi tomoni" deb atardilar. Movarounnahr tomon vurishlar. Arablar Movarounnahrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg’ va 667-yilda Chag’oniyondan boshlanadi. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Buxoro muzqfotiga. bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo’shinlarini yengadi va o’z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida boj undiradi. Bojdan tashqari arablar to’rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko’p o’ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo’l-yo’lakay arablar Termiz shahrini egallaydilar. Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari boylik orttirish maqsadida amalga oshirgan talonchilikdan iborat edi. Movarounnahrning zabt etilishi.VII asr oxirlarida arablar Movarounnahrni uzil-kesil bosib olishga kirishadilar. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Qutayba harbiy yurishni 705-yilda Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada Chag’oniyon hokimi jangsiz taslim bo’ladi. 707-yilda Qutayba katta qo’shin bilan Poykandni qamalga oladi. 50 kunlik qamal natijasida Poykand egallanib, qo’lida qurol tutishga qodir bo’lgan barcha erkak zoti qirib tashlanadi, shahar esa vayron etiladi. Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to’lash, uylarining yarmini arablarga bo’shatib berishga majbur etiladi. Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, Sug’diy tili va xatida bitilgan asarlarni yo’qotdi. Mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi. 710-yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko’radi. Biroq, Xorazmda boshlanganichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug’d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo’shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi Chag’on ukasi Hurzod boshliq xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711-yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Hurzod garchi dushman qo’li bilan tor-mor qilinib, o’ldirilsa-da, Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, arablarning bojdoriga aylanadi. Uning qo’shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. Sug’d yurishi 712 yilda Qutayba qo’shinlari Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o’rniga G’urak (710-737) Sug’dga podsho qilib ko’tarilgan edi. G’urak arablarga qarshi g’ayrat bilan kurash olib bordi. Kuchlar teng bo’lmaganligi oqibatida Samarqand taslim bo’ladi. G’urak bilan Qutayba o’rtasida sulh tuzilib, arablarga bir yo’la 2 fliing, yiliga esa 200 ming dirham hisobida boj to’lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda bironta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni arablarga bo’shatib berish, masjid bino qilish kabi shartlarni bajarishga majbur etiladi. Bularning evaziga Qutayba G’urakni Samarqand, Kesh va Naxshabga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib, u arablarga qaram bo’lib qoladi. O’n yil davomida muttasil olib borilgan jangu jadallar oqibatida arablar Movarounnahrni egallab oldilar. Choch va Farg’onaning zaht etilishi. 713-yilda Qutayba qo’shinining bir qismi Choch viloyatiga, o’zi boshliq asosiy kuch esa Farg’ona vodiysi tomon yo’l oladi. Chocr vohasi bosib olinib, Chochning poytaxt Madinat ash-Shosh, juda ko’p qal'a va qo’rg’onlar hamda qishloqlarga o’t qo’yilibl vayron etiladi. 715-yilning boshida esa Farg’ona vodiysini uzil-kesil egallab Koshg’argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling