P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
9-rasm. 
Jahonning turli davlatlarida (I – rivojlangan, II – rivojlanayotgan)
yosh-jins piramidasi.
Insoniyatning irqlari
odam organizmining qadimgi davrlarda tabiiy 
muhit, ayniqsa iqlim sharoitiga moslashishi tufayli vujudga kelib, tashqi 
ko‘rinish belgilari bilan farq qiladilar. Jahon aholisining katta qismi to‘rtta 
asosiy irqqa (yevropeoid, mongoloid, negroid va avstraloid), qolgan qismi 
esa oraliq va aralash irqlarga mansub.
Och tusli teri, to‘lqinsimon yoki tekis, yumshoq soch, asosan, mo-
viyrang ko‘z, qirra burun, yupqa va o‘rta labga ega bo‘lgan yevropeoid 
irqi vakillari Yevropa, Amerika, Avstraliya va Okeaniya aholisining aso-
siy qismini tashkil qiladi. Shuningdek, Osiyoning janubiy, janubi-g‘arbiy, 
markaziy, Afrikaning shimoliy qismlarida ham ko‘p sonli yevropeoidlar 
istiqomat qiladilar. Yuqorida sanab o‘tilgan irqiy belgilar, asosan, shimoliy 
hududlarda istiqomat qiluvchi yevropeoidlarga xos bo‘lib, janubga borgan 
sari yashash muhiti bilan bog‘liq tarzda tana, soch va ko‘z ranglarining 
to‘q ko‘rinishlari namoyon bo‘la boshlaydi. Insoniyatning 40 % dan ortig‘i 
mazkur irq vakillari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mongoloid irqi vakillari jigarrang tusli teri, tekis, qattiq to‘q tus-
li soch, ko‘zning to‘q tusli ko‘rinishlari, qirra yoki o‘rta yapasqi bu-
run, ko‘z usti qovog‘ining ajralib turishi, ensa sohasining kengayganligi
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


31
bilan ajralib turadi. Mongoloidlar, asosan, Osiyo qit’asida keng tarqalgan. 
Amerikaning tub aholisi hisoblanadigan Amerika hindulari va eskimoslar 
ham shu irqqa mansub (10-rasm). 
Yevropeoid irqi
 
Mongoloid irqi
Negroid irqi
10-rasm.
Dunyodagi asosiy irq vakillari.
Negroid irqi vakillari, asosan, Afrika hamda Amerika qit’alari dav-
latlarida istiqomat qiladilar. Qora tusli teri, tekis, qattiq, jingalak qora 
tusli soch, ko‘zning to‘q tusli ko‘rinishlari, jag‘ining ajralib chiqqanligi, 
yapaloq burun, do‘rdoq lab ularga xos asosiy belgilar hisoblanadi. Afrika 
bu irq vakillarining asl ona vatani hisoblanib, ularning katta qismi Buyuk 
geografik kashfiyotlar davrida Amerikaning turli mintaqalariga majburiy 
tarzda qul qilib olib ketilgan. 
Avstraloid irqi uzoq davr davomida negroid irqining bir ko‘rinishi 
sifatida baholanib kelingan. Lekin so‘nggi yillardagi tadqiqotlar ularning 
kelib chiqishi negroidlar bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda. To‘q tusli 
teri, yapaloq burun, do‘rdoq lablarga ega mazkur irq vakillari, asosan,
Avstraliya va Okeaniya hududlarida tarqalgan. Avstraliya aborigenlari, 
papuaslar, melaneziyaliklar ushbu irq vakillari sanaladi.
Asosiy irqlar negizida bir nechta oraliq va aralash irqlar shakllangan. 
Oraliq irqlariga efiop, ural, pomir-farg‘ona (Markaziy Osiyo davlatlari
jumladan, O‘zbekistonda keng tarqalgan) kabilar misol bo‘la oladi. Ame-
rika qit’asi aholisining irqiy tarkibida metis, mulat, sambo aralash irq 
vakillari yuqori salmoqqa ega. 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


32
1. Aholining yosh tarkibiga tabiiy o‘sish darajasi qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Nima uchun rivojlangan davlatlarda bolalar salmog‘i qariyalarga nisbatan 
past?
3. Yevropeoid irqi vakillarining jahon bo‘ylab keng tarqalganligiga sabab nima?
4. Amerika qit’asida aralash irqlar shakllanishi qanday omillarga bog‘liq?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling