Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet30/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

QIRG‘IZISTONDA TA’LIM TIZIMI. Har qanday hozirgi zamon jamiyatining asosiy muammolaridan biri ta’lim tizimidir. Hozirgi kunda mu muammo yanada o‘tkirlashdi va jiddiy tus oldi. Qirg‘iziston xam ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratib uning rivoji uchun sezilarli mablag‘ ajratmoqda.
Hozirgi zamon jamiyatida fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy bilimlari juda past saviyada ekanligini ta’kidlash kerak. Bu huquqni himoya qilish organlariga fuqarolarning munosabatlarida o‘z aksini topmoqda. Huquqiy organlarga fuqarolar ishonch bildirmaydilar yoki fuqarolarning ularga ishonchi yo‘qolgan. SHu sababdan jamiyatda huquqbuzarlik xolatlari ko‘payib bormoqda. Huquqlarga nisbatan salbiy munosabatlar o‘sib bormovqda va alohida holatlarda yosh avlodlar dunyoqarashida ham bu holat o‘z aksini topmoqda.
Qirg‘iziston Ittifoq tarkibiga kirgan boshqa davlatlar kabi sovet mafkurasi ta’siri ostida bo‘lishiga qaramasdan sovet sifat belgisi markasiga ega bo‘lgan. Davlatda o‘rta ta’lim majburiy va bepul. Oliy ta’limda esa talabalar faqat bepul ta’lim olib qolmasdan ulgurish darajasiga qarab stipendiya ham olganlar. O‘qituvchilik kasbi va o‘qituvchi nufuzga ega bo‘lmasada, nihoyatda hurmat qilingan. Juda ko‘p diplomli bitiruvchilar muassasalarga borib o‘z ixtiyorlari bilan ishlaganlar. Oliy ta’lim muassasalari hozirgidek ko‘p bo‘lmagan Qirg‘iziston bo‘yicha 7 ta oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan. Lekin ular juda yuqori kasbiy bilim berganlar va o‘ta sifatli malakali kadrlar tayyorlaganlar. Ko‘plab kasbga yo‘naltiruvchi uchilishe va texnikumlar ishlagan. Hozirgilarga qiyoslaganda sanoat va qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ta sifatli kadrlar tayyorlagan. Hozirgi bitiruvchilarga qaraganda bitiruvchilar faol ishlagan.
Ta’lim tizimi respublika iqtisodiyoti bilan uzviy bog‘langan. Ittifoq tugatilgandan so‘ng ko‘plab kadrlar chet ellarga chiqib ketdi. Zavodlar to‘xtadi, qurilishlar tugatildi, kolxoz va savxozlar yo‘qotildi. YAngi davr boshlandi. Ta’lim tizimi ham o‘zgarishlarga yuz tutdi.
Keyingi o‘n yillikda totalitar tuzumni isloh qilish hayotning hamma sohalariga kirib keldi. Qirg‘iziston eng qoloq davlatlardan biriga aylanib bormoqda. Bu fojia tajribasizlik va no‘noqlik natijasi emas. Davlatni buzish maqsadi asosida amalga oshirildi. Aniq va o‘ylangan reja asosida amalga oshirildi. Qirg‘iziston nomigagina kapitalistik tizim safiga kirib, arzon ishchi kuchi va mahsulot etkazib beruvchi davlatga aylandi.
Isloh qiluvchilar uchun ta’lim tizimi tamog‘dagi suyakka aylandi. Pulsiz maktablari va oliy ta’limi har tomonlama rivojlangan yoshlarni tarbiyalab bergan sovet tizimini nafrat va malomat bilan tilga ola boshladilar. Hozirgi xo‘jalik hayotida birinchi o‘rinda imtiyozli ta’lim tizimi birinchi o‘rinda faqat pullilar uchun tashkil qilindi. Ko‘pchilik uchun iqtidoridan tashqaridagi holat eng zaruriy holat hisoblandi. Kambag‘al va boylar uchun mo‘ljallangan ta’lim tizimi umuman buzildi.
Ta’lim tizimining islohida OR Respublika test markazi yagona imtihon sanala boshladi. U Rossiya Fedaratsiyasida markazlashgan bitirish imtihoni hamdir. Bir vaqtda oliy ta’lim va boshqa muassasalar uchun kirish imtihoni hamdir. Bunday imtihonlar turi 2001 yildan boshlandi. 2009 yildan mamlakatning hamma maktablarida yagona bitirish imtihoniga aylandi. Hozir ikkita imtihon topshirish zaruriy: rus tili va matematika. Bitiruvchilar xohlaganicha xohlagan fanidan qo‘shimcha imtihonni test shaklida topshirishi mumkin.
Uning yakuni attestat olishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Test natijasida olingan bahoga e’tibor berilmasdan oxirgi ikki yilda olingan baholarning o‘rtacha arifmetik natijasi qo‘yiladi.
Testning kamchiliklaridan biri ta’limning universalligi kasbiy ta’limning qisqaligidir. O‘quvchilar kelgusida egallamoqchi bo‘lgan kasb-hunarlarini oldindan belgilab oladi. Bu ko‘plarni keyingi ta’lim olishida ish topishiga qiyinchilik tug‘diradi. Testning ikkinchi kamchiligi keng qamrovli va har tomonlama fikr yuritishni chegaralaydi. Xulosada baholash meyorlari ham mukammal emas. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, yuqori va past ballarni belgilashda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Test tizimining foydali tomoni turli maktab va hududlarning ta’lim sifatini qiyoslashda ko‘rinadi. Oliy ta’lim muassasalariga kirishni engillashtiradi va shu kabi.
Ta’limni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat bilan birdaniga bir necha oliy ta’lim yo‘nalishlariga topshirish mumkin. Agar o‘quvchi bu yil oliy ta’limga boli etmasdan o‘tolmasa, keyingi yili shu ball bilan o‘tib ketishi mumkin. Agar bitiruvchi o‘qishni. Ta’lim olishni davom ettirishni xoxlamasa ikkita imtihonni, ya’ni rus tili va matematikadan imtihon topshirib, maktabni tugatganlik haqidagi attestatni osonroq olishi mumkin.
Oliy kasbiy ta’limga ega bo‘lish uchun uch bosqichni bosib o‘tish lozim.
1-bosqich noto‘liq oliy ta’lim, ikki yil muddatli.
2-bosqich, oliy ta’lim bosqichidagi bakalavriyat, 4 yil muddatli.
Tor mutaxassislik, Ma’lum yo‘nalishning fundament-asosini beradi. Bakalavr ish joyida barcha amallarni egallashi mumkin.
3-bosqich, Diplomli mutaxassis, 5 yil muddatli. Eski modelga o‘xshaydi. YAngi model asosida magistr 6 yil muddatli.
Magistratura yana ikki yil o‘qishni talab qiladi. Bitiruv-malakaviy ish- magistrlik dissertatsiyasini tugallaydi. Magistrik darajasi diplomini olish uchun himoya qiladi.
DTS-Davlat ta’lim standartiga asosan huquqiy ta’lim boshlang‘ich maktabda bolaning dastlabki huquqiy dunyoqarashini shakllantirish uchun beriladi. SHuningdek hayot jarayonlarida, maktabda, ko‘chada, uyda huquqiy axloq meyorlariga rioya etishni o‘rgatadi.
5-6 sinflarda ta’lim muassasalarining o‘z-o‘zini boshqarish bo‘limlari ishlarida ishtirok etadi. 7-9 sinflarda esa davlat qonunlarini, konstitutsion, oila, jinoyat, boshqaruv, fuqarolik qonunlarini va uni maktab hayotiga tadbiq etadi.
Davlatning hamma maktablarida huquqdan mustaqil ish jarayonlarida, jamiyatshunoslik fanida, Huquqdan tuzilgan namunaviy dasturlarda huquqiy bilimlar beriladi.
Normativ talablarga asosan huquqni o‘rganish jarayoni huquq meyorlariga rioya etish zaruriyati ichki o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirishga, ijtimoiy huquqiy faollikka, huquqiy ongni va huquq madaniyatini shakllantirishga, umuman olganda, shaxs kamolati rivojiga qaratilgan. Hozirgi kunda huquqni o‘rganish dolzarb muammoga aylangan. U yosh avlodni oliy ta’limga tayyorlashga e’tiborni qaratishga, huquqiy kasbiy ta’lim olishni ta’minlashda,, yuksak soqial statusini egallashda, moddiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Lekin huquqiy ta’lim huquqiy ongni shakllantirish maqsadida o‘rgatiladi. Inson faqat qonunlarni oddiygina o‘rganib qolmasdan, mohiyatini anglab, tushunib va masalaning axloqiy tomonlarini hisobga olib turishini o‘rganish kerak.
Qo‘llanilgan usul va vositalarni inson huquqiy dunyoqarashining shakllanishidagi rolini ma’qullagan holda maktab o‘quvchilarining huquqiy madaniyatini chuqurlashida etarli emas. 14-21 yoshdagi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar zquv jarayonida ular huquqiy tayyorgarlikka ega bo‘lganligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
YUqori sinflar o‘quvchilarining yarmidan ko‘pi , ya’ni 63,7 % foizi ijobiy natijaga ega bo‘ldi.15,8 % etarli huquqiy bilim ololmaganliklarini bildirdilar. 90,5 % o‘quvchi esa berilgan savollarga etarli javob berolmay qiynaldilar. Kollej va PTUlarda esa holat bir oz qoniqarli. 89 % o‘quvchi o‘qish jarayonida etarli huquqiy bazaga ega bo‘lganliklarini ta’kidlaydi. 5 % o‘quvchi esa etarli emas, 6 % o‘quvchi berilgan savollarga javob bera olmadi.
Oliy ta’lim talabalarining 45% etarli huquqiy bilim mashg‘ulotlar jarayonida olganliklarini bildirdi. 26,3% talaba etarli huquqiy bilim ololmaganliklarini bildirdi. 28,7% talaba savollarga javob berisha olmadi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, o‘qish jarayonlarida quyidagilarni tadbiq qilishni lozim topildi. Nazariy ma’lumotlarni berishda videoroliklardan foydalanish, huquqni himoya qilish organlari xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, jinoyatni o‘tab chiqqanlarni taklif qilib inson taqdirida jinoyat va jazoning o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling