Hozirgi zamon suitsidal holatlar tahlili
Download 50.5 Kb.
|
Hozirgi zamon suitsidal holatlar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy pedagogika – psixologiya kafedrasi o’qituvchisi: M. Karimova
Hozirgi zamon suitsidal holatlar tahlili O‘z joniga qasd qilish 15 dan 29 gacha bo‘lgan yoshlar orasidagi o‘limga sabab bo‘luvchi ikkinchi yirik omildir. Lekin shunga qaramay, jamiyatlarda bu mavzu tabu deb hisoblanadi, ya‘ni ochiq-oshkor gapirilmaydi. Hozirda mutaxassilar virtual dunyo orqali ro‘y berayotgan tahdid-haqoratlar va ijtimoiy tarmoqlar vositasida tarqayotgan g‘oyalar muammoni chuqurlashtirib yuborganligini aytib, hukumatlarni bunga e‘tibor qaratishga da‘vat qilmoqdalar. Ba‘zi jamiyatlarda ruhiy kasalliklar mavzusi oxirgi vaqtlarda ko‘tarila boshladi. Lekin ba‘zilarida hanuz sukut saqlanmoqda. Ayni vaqtda mutaxassilar bu "epidemiya" borasida zudlik bilan chora ko‘rilishi kerakligini aytmoqdalar: o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paymoqda. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JST) ko‘ra, bu mavzu juda ko‘pdan beri tabu bo‘lib kelgan. Oxirgi vaqtlarda keng quloch yoygan ijtimoiy "trendlar" - virtul olamdagi haqorat va po‘pisalar, g‘oyalarning ijtimoiy virus kabi tarqashi bu tilga olinmas muammoni yanada chuqurlashtirib, ko‘proq sondagi yoshlar hayotini havf ostiga qo‘ymoqda. "O‘z joniga qasd qilish juda murakkab muammo. Aksar hollarda unga itaruvchi omil yagona bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasidagi o‘z joniga qasd qilish hollari yaxshi o‘rganilmagan va tadqiq qilinmagan", deydi Britaniyada suiqasdlarning oldini olish bilan shug‘ullanadigan Samaritans tashkilotining boshqaruvchi direktori Rut Sazerland. Bir narsa ayon - JST ma‘lumotlariga ko‘ra, yiliga jahon bo‘ylab 800 ming inson o‘z joniga qasd qiladi. Va har bir olamdan o‘tgan shaxsga yana 20 nafar suiqasd urinishi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan inson to‘g‘ri keladi
Mutaxassislarning aytishlaricha, o‘z joniga qasd qilish "birdaniga bir kuni" ro‘y berib qolmaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zini o‘ldirgan o‘smirlardan 90 foizi qaysidir darajada ruhiy salomatlik muammosiga ega bo‘lganlar. Bu o‘rinda tushkunlikdan (depressiya) tortib, vos-vos, zo‘ravonlik va giyohvand moddalarga mukkasidan ketish tilga olinadi. Lekin boshqa tomondan yashash sharoitining o‘zgarishi, maktab va do‘stlar bilan muammolar va jinsiy moyillik yuzasidan noaniqlik ham omillar sifatida keltiriladi. Shuning uchun mutaxassilar erta ogoh beruvchi xavotirli belgilarga e‘tibor qaratish kerakligini aytmoqdalar. Bu hafta Britaniya oliygohlariga yangi talabalarning kelib qo‘shilishlari kuzatilar ekan, Samaritans tashkiloti yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish hollarining oldini olish bo‘yicha kampaniya o‘tkazmoqda. "Oliygohdagi hayot ko‘pda quvnoq, jo‘shqin va o‘z-o‘zini bilish tomon safar sifatida taqdim etiladi. Ko‘plar uchun shunday bo‘lishi mumkin, lekin ba‘zilar uchun uydan boshqa joyga ko‘chishning o‘zi katta bir muammoga aylanadi", deydi tashkilot boshqaruvchi direktori. Lekin ruhiy muammolarga yuz tutayotgan har bir o‘smir ham o‘z joniga qasd qilavermaydi. Bundan tashqari, muammo haqida oshkora gapirmaslik va hatto ba‘zi mamlakatlarda noqonuniy deya ko‘rilishi aniq ma‘lumotlarni qo‘lga kiritishni mushkullashtiradi.
Haqorat va oxirgi vaqtlarda Internet orqali po‘pisa-tahdidlar o‘z joniga qasd qilish hollariga qarshi kurashuvchilar tomonidan yaqindan o‘rganilmoqda. Haqoratga uchragan o‘smir va yoshlar o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq amallarga qo‘l urganlari haqida ham ko‘proq xabar beradilar... Lekin o‘z joniga qasd qilishning asosiy omili haqorat, deya aytish to‘g‘ri emas va hatto zararlidir. Chunki "haqoratga tegishli javob o‘z joniga qasd qilish ekan" degan fikrni keltirib chiqarib, ustiga-ustak bu amalga taqlid qilish kabi xavfli holatni ham keltirib chiqarishi mumkin". Ba‘zi taxminlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilishlar haqida matbuotdagi "olamshumul" xabarlar ham taqlid qiluvchilarga turtki berishi mumkin. Mutaxassislar buni "ijtimoiy virusning tarqashi" deya ataydilar. Sazerlandning aytishicha, matbuotda o‘z joniga qasd qilishni yoritishning ijobiy yo‘llaridan biri odamlarni lozim taqdirda yordam so‘rab murojaat qilishlariga da‘vat qilishdir. Bundan tashqari, ekspertlar hukumatlar tomonidan qo‘llangan va moliyalangan o‘z joniga qasd qilishlarning oldini olishning uzoq muddatli strategiyasi mavjud bo‘lishi kerakligini aytmoqdalar. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, bu kabi strategiya hozircha jahonning 28 mamlakatida mavjud. Oʻz joniga qasd qilish – aksariyat holatlarda oldini olish qiyin boʻlgan ofat sifatida baholanadi. Insonni oʻz hayoti bilan vidolashishga undagan sabablar hatto uning qarindoshlari va yaqinlari uchun ham jumboqligicha qolmoqda. Eng dahshatlisi esa, bu mashʼum ishga hali butun hayoti oldinda boʻlgan yoshlar qoʻl urayotganidadir. Suiqasd qilganlarning deyarli 98 foizi sogʻlom ekanligi tadqiqotlarda aniqlangan. Ular oddiy bir muammo oldida ojiz qolayotgani va buning oqibatida oʻz joniga qasd qilgani tashvishli, albatta. Hayot bir tekis emas. Uning past-balandini koʻrib, qiyinchiliklarni yengish insonni toblaydi. Bunda sabr-qanoat katta ahamiyatga ega. Afsuski, koʻp yoshlarimiz ongida hayotga yengil-yelpi qarash bor. Mutaxassislarning aytishicha, oʻz joniga qasd qilish ayni tabiat gullab-yashnagan davrda, yaʼni bahorda koʻproq qayd etiladi. Psixologlar qalbdagi tushkun kayfiyat va tabiatning turfa ranglari oʻrtasidagi qarama-qarshilik, keskin farq bunga sabab boʻlishi mumkin, deb taʼkidlaydi. Amerikalik olim Tomas Elliot eng shafqatsiz oy deb aprelni koʻrsatadi. Suitsidning eng koʻp miqdori aynan aprel oyiga toʻgʻri kelishi qayd etilgan. – Turli yoshdagi, aholining turli qatlamiga mansub, bilim va dunyoqarashlari ham turfa insonlar bilan yuz bergan bu holatlarning tahlili, xulosalari ham oʻziga xos boʻladi, – deydi Fargʻona davlat universiteti dotsenti, psixolog Muazzam Isaqova. – Bu ijtimoiy dard sabablarining umumiy jihatlari ham bor: irodasi boʻsh, sabr-qanoati mustahkam boʻlmagan, boriga shukur qilishni bilmagan odamlar oʻtkinchi his-tuygʻular taʼsirida muammolar chorasini oʻlim deb biladi. Bunday holatlarning yuz berishiga oʻzaro juda yaqin, (ona va bola, er va xotin, qaynona bilan kelin, dugonalar kabi) kishilarning bir-birini tushunmasligi, dilini ogʻritib qoʻyishlari, mehrsizliklari, nooʻrin izzat-nafsiga tegish, qadr-qimmatini yerga urishlari sabab boʻlmoqda. Oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining ildizini, avvalo, oiladan qidirish kerak. Bola goʻdaklik chogʻida ruhiy jarohat olsa, vaqt oʻtib u albatta oʻzining salbiy taʼsirini namoyon etadi. – Alloh taolo odam bolasiga juda koʻp neʼmatlar bergan, ularni sanab adogʻiga yeta olmaymiz, – deydi viloyat bosh imom-xatibi Ubaydullo Abdullayev. – Shubhasiz, ular ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik neʼmatidir. Oqil inson – hayotiy dunyodan oxirati uchun foydalanib qolgan kishidir. Shunday ekan, inson hayotida Allohning amriga nechogʻlik itoat etsa, kelajakda oxirati ham obod boʻladi. Lekin shuni ham bilish kerakki, bu osonlik bilan boʻlmaydi. Inson hayoti doim bir xil neʼmatlar ichida kechmaydi – gohida yengil, gohida ogʻir, baʼzida xursandchilik, baʼzida musibat. Qurʼoni karimda bu haqda shunday deyilgan: “Haqiqatan, insonni (din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda (boʻlish uchun) yaratdik” (Balad surasi, 4-oyat). Biroq hayot tashvishlariga toqatsizlik qilib Allohning omonati (joni)ni tahlikaga solayotganlar ham afsus topilib qolmoqda. Ular hayotning ushbu imtihonidan savob olish oʻrniga, aksincha, gunohga qoʻl oʻrib qoʻymoqdalar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻtgan qavmlar hayotidan misol keltirib bizni bu gunohning yomonligidan ogohlantirgan edilar: “Sizlardan oldin oʻtgan qavm orasida bir yaralangan kimsa bor edi. U ogʻriqqa chiday olmasdan, qoʻliga pichoq olib, yaralangan qoʻlini kesdi. Natijada u qon yoʻqotish tufayli vafot etdi. Shunda Alloh taolo: “Bandam oʻzini-oʻzi oʻldirib, mening unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni harom qildim”, – dedi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Umumiy pedagogika – psixologiya kafedrasi o’qituvchisi: M. Karimova Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling