"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
Byudjetdan tashqari
fondlarning guruhlanishi Tuzilishiga ko’ra Amal qilish muddatiga ko’ra Shakllantirish usuliga ko’ra byudjet mablag’lari; fondlarning o’z mablag’lari
doimiy;
vaqtinchalik maxsus soliqlar; davlat byudjetidan ajratmalar Kimga tegishliligiga ko’ra
Markazlashish darajasiga ko’ra Maqsad va vazifalariga ko’ra
davlat; davlatlararo; xalqaro
markazlashgan; markazlashmagan ijtimoiy; sug’urta; iqtisodiy; kredit; ilmiy-tadqiqot; investitsion; ekologik; siyosiy va b.
18
bo’lmoqda. Ushbu Jamg’arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo’lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o’ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi 3751-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining asosiy vazifalari: – davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tijorat banklari, xorijiy jamg’arma va investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag’larini jamlash; – iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish; – strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash; – yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’ati va hajmini oshirishga yo’naltirilgan loyihalarning moliyalashtirilishini ta’minlash; – etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va 19
uskunalarni sotib olishga mablag’larni maqsadli yo’naltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish; – birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish; – kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan, keyinchalik Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan moliyalashtirish; – yurtimizning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog’iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo’laklari va jahon bozorlariga eng
qisqa yo’l
bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishni moliyalashtirish; – davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni moliyalashtirish; – xalqaro moliya institutlari, O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash hisoblanadi. Mamlakatimizda o’nlab zamonaviy korxonalarning ishga tushirilishida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn O’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung” kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionyerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 20
“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi. Quyidagilar Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilandi:
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling