"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi 31 (jamiga nisbatan foizda) Ko’rsatkichlar Yillar 2012 2013 2014 2015 2016 2017 Ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash xarajatlari 100 100 100 100 100 100 Ta’lim 58,0 58,1
57,3 56,9
57,0 60,4
Sog’liqni saqlash 24,6
24,5 23,9
23,9 23,7
25,4 Madaniyat, sport 1,8 1,9
1,8 1,7
1,8 1,8
Fan 1,1
1,1 1,1
1,1 1,3
1,0 Ijtimoiy ta’minot 0,7 0,7
0,7 0,7
0,7 0,9
Oilalarga ijtimoiy nafaqalar 13,1
10,6 10,9
10,2 9,2
9,2 Qishloq
joylarda uy-joylar qurishni hamkorlikda moliya- lashtirish uchun kredit liniyalari - 2,5
4,0 4,3
5,5 1,3
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turganidek, davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlarining salmog’i yuqori bo’lmoqda. Xususan, bu turkum xarajatlar 2012-2016-yillarda jami byudjet xarajatlarining 58,9-59,2 foizini tashkil etgan. 2017-yilda ushbu xarajatlar 27119 milliard so’mni tashkil etgan va bu davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushining 60,4 foizi demakdir. Ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar nominal miqdorlarda, shuningdek, umumiy xarajatlar salmog’ida ham ortib bormoqda. Ushbu xarajatlarning tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan. Berilgan jadvalda O’zbekiston
31 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 30
Respublikasi davlat byudjeti tarkibida ijtimoiy ta’minot xarajatlarining 2012-2017- yillardagi dinamikasi ko’rsatilgan. Ijtimoiy ta’minot xarajatlarining ulushi 2012 - 2016-yillarda barqaror saqlandi, davlat byudjeti xarajatlarining 0,7 foizni tashkil qildi, 2017-yilda 0,9 foizga teng bo’ldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlari jami xarajatlarning 58-59 foizini tashkil qilsa-da, uning tarkibidagi bevosita aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga oxirgi yillarda davlat byudjetining o’rtacha 6,1-5,4 foizi yo’naltirilmoqda. Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi sifat jihatidan o’zgardi. Hozirgi paytda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish asosiy o’rin tutdi 32 .
Amaldagi qonunchilikka ko’ra fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqa tayinlanadi va to’lanadi. Bola parvarishlash uchun nafaqa, parvarishlayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’iy nazar, har oyda O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan eng kam ish haqining 200 foizi miqdorida to’lanadi. Aholining eng ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlaridan biri – bu kam ta’minlangan oilalardir. Respublikada kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari orqali aholining ayrim guruhlariga (nogironlar, yolg’iz pensionyerlar, pensiya tayyorlash uchun zarur stajga ega bo’lmagan yolg’iz qari fuqarolar, etim bolalar, kam ta’minlangan oilalardagi bolalar) qishki kiyim-kechak, o’quv qurollari bepul tarqatiladi, o’zgalar parvarishga muhtoj bo’lgan yolg’iz qari fuqarolar patronaji amalga oshirilishiga yordam ko’rsatiladi. Muhtoj fuqarolarning turarjoy-kommunal va boshqa xarajatlarini qoplash bo’yicha choralar ko’riladi. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni nomarkazlashtirish tajribasi O’zbekiston uchun xosdir. Mamlakatda ishlamayotgan onalarni ijtimoiy himoya qilishga ham katta e’tibor beriladi.
32 Ботиров А., Юлдашева Н. Местные бюджеты. Учебно-методическое пособие. – Ташкент: ТФИ, 2015. – С. 45-66. 31
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son hamda “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, nogiron bolalarning oilalarda va oila sharoitlarida to’liq rivojlanishi, ularga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-oktyabrdagi “Muruvvat” nogironlar bolalar uchun internat uylar hamda boshqa tibbiy ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 347-son qarori qabul qilindi. “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi bo’sh o’rinlar hisobiga ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo’lgan nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etiladi. Oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo’lgan nogiron bolalarga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish va ular uchun o’quv- tarbiya jarayonini tashkil etish “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar huzuridagi nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilandi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida keksa avlod vakillari, pensionyerlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ularning turmush sharoiti va sifatini yaxshilash muhim o’rin tutadi. Harakatlar strategiyasida ham nuroniylarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish, ularning madaniy hordiq chiqarishiga va sog’liqlarini mustahkamlashga, keksalarning maishiy holatlarini yaxshilash, ularning muammolarini o’rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan ko’makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, “Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, keksa avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar, bu ishlarni bajarish uchun zarur mablag’lar va ularning manbalari ko’zda tutilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling