"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich


Birinchi bob bo’yicha xulosalar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana09.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#258088
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

Birinchi bob bo’yicha xulosalar: 

1.  Davlat  moliyasi  sohasida  olib  borilayotgan  o’zgarishlarning  markazida 

konsolidatsiyalashgan  byudjetni  shakllantirish  va  ulardan  yanada  samarali 

foydalanish,  konsolidatsiyalashgan  byudjetni  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishdagi  tutgan  o’rnini  oshirish  masalalari  turadi.  Konsolidatsiyalashgan 

byudjet  davlat  moliyasining  asosiy  bo’g’inlaridan  biri  bo’lib hisoblanadi-ki,  ushbu 

byudjet  orqali  davlat  hokimiyati  organlarining  va  hududlarning  moliya-viy 

resurslarga bo’lgan talablari ta’minlab boriladi.  

2.  Davlat  maqsadli  jamg’armalari  aholining  bir  qator  ijtimoiy  ehtiyojlarini 

qondirish  va  konstitutsion  huquqlarni  amalga  oshirish  uchun  mo’ljallangan  pul 

mablag’lari  fondidir.  Davlat  maqsadli  jamg’armalari  mamlakat  YaIMning  ma’lum 

ijtimoiy  maqsadlar  uchun  qayta  taqsimlash  va  foydalanish  shaklidir. Ular  quyidagi 

xususiyatlarga  ega:  daromad  manbalarining  aniq  belgilanganligi;  mablag’larning 

                                                           

24

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yil  9-martda  “O’zbekiston  Respublikasining 



Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi Qarori.



 


24

 

 



qat’iy maqsadli ishlatilishi; mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining 

mos  kelmasligi;  mustaqil  moliya-kredit  tashkiloti  sifatida  faoliyat  ko’rsatishi; 

byudjetdan tashqari ekanligi.  

3.  Iqtisodiyotning 

etakchi, 

eng 


avvalo 

bazaviy 


tarmoqlarini 

modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga 

oshirilishini  ta’minlash,  shuningdek,  mamlakatni  barqaror  va  mutanosib  ravishda 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishish  hamda  samarali  tarkibiy  va  investitsiya 

siyosatini  amalga  oshirish  O’zbekiston  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining 

asosiy maqsadidir. 

4.  Respublikamizda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatiga daxldor 

Farmon  va  Qarorlar,  o’z  navbatida,  mazkur  Jamg’arma  faoliyatini 

takomillashtirishga,  Jamg’armaning  resurs  bazasini  mustahkamlashga,  ustuvor 

investitsiya  loyihalarini  samarali  moliyalashtirishni  ta’minlashga  hamda 

iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 

jihatdan  qayta  jihozlash  dasturlarini  jadal  amalga  oshirilishini  ta’minlash, 

shuningdek, tijorat banklari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya 

faolligini kengaytirish maqsadlariga qaratilgandir. 




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling