"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
Jamg’armaning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
Jamg’armaning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya
loyihalarini birgalikda moliyalashtirish shartlari: qarz oluvchilarga kreditlar xorijiy valyutada 7 yilgacha muddatga beriladi
investitsiya loyihasini moliyalashtirishda qarz oluvchining ulushi o’z mablag’lari hisobiga investitsiya loyihasi qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi kerak
investitsiya loyihasini moliyalashtirishda tijorat bankining o’z ishtiroki ulushi (kreditni qayta moliyalashtirish hisobisiz) uning qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi kerak
investitsiya loyihasi tarmoq yoki mintaqaning tasdiqlangani modernizatsiya qilish/rivojlantirish dasturiga kiritilgan bo’lishi kerak
46
Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qaroriga ko’ra tijorat banklari bilan tuziladigan kredit liniyalari ochish to’g’risidagi bitimlarda investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish bo’yicha qo’shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu Nizom qoidalari quyidagi investitsiya loyihalariga tatbiq etilmaydi: – davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg’armalari mablag’lari, O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari; – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berish nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari; – mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari; – ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalar tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalari; – moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalari. Jamg’armaning kredit liniyalari hisobiga birgalikda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari alohida mezonlari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qaroriga ko’ra belgilanadi va kredit liniyalari ochish to’g’risidagi bitimlarda aks ettiriladi. Jamg’arma kredit liniyasini tijorat banklarga ularning buyurtmanomalari bo’yicha kredit liniyalari ochish to’g’risidagi bitimlar xulosasi asosida ochadi. Kredit liniyasi ochish uchun tijorat banki Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasiga firma blankasida rasmiylashtirilgan va bank boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan buyurtmanomani taqdim etadi.
47
Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi bir hafta muddatda kredit liniyasi ochishga tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma va hujjatlar majmuasini quyidagi maqsadlar uchun ekspertizadan o’tkazadi; so’ralayotgan kredit liniyasi summasining asoslanganligi va uning bank moliyaviy ko’rsatkichlariga muvofiqligi; tijorat bankning investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoringini olib borish bo’yicha tajribasi mavjudligi. Ekspertiza natijalariga ko’ra Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi o’z xulosasini hamda tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun buyurtmanomasini va hujjatlar majmuasini taklif qilinayotgan kredit liniya summasini ko’rsatgan holda Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash ko’rib chiqishi uchun kiritadi yoxud ularni kamchiliklarni ko’rsatgan holda puxta ishlab chiqish uchun tijorat bankiga qaytaradi. Tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun taqdim etgan buyurtmanomasiga ilova qilinadigan hujjatlar tarkibi 10-rasmda keltirilgan: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling