"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
Jamg’arma mablag’lari hisobidan tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
Jamg’arma mablag’lari hisobidan tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun
taqdim etgan buyurtmanomasiga ilova qilinadigan hujjatlar tarkibi: qonun hujjatlariga, bankning ta’sis hujjatlari va ichki tartibotlariga muvofiq rasmiylashtirilgan, bank boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan kredit liniyasini jalb etish to’g’risida qabul qilingan qarori nusxasi
bankning ta’sis hujjatlari, litsenziyalari va kreditlarni jalb etish hamda kredit liniyalarini ochish tartibini tartibga soluvchi ichki hujjatlari nusxalari oxirgi yillik hisobotning bir nusxasi va bankning oxirgi hisobot sanasi holatiga ko’ra moliyaviy hisoboti nusxasi so’ralayotgan kredit liniyasi summasini asoslagan holda birgalikda moliyalashtirishga taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo’nalishi
48
Tijorat bankining ilgari berilgan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzi mavjudligi Jamg’armaning kredit liniyasi ochish va buyurtmanomani ko’rib chiqishda tijorat bankiga rad etish uchun asos hisoblanadi. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash ikki hafta muddatda tijorat bankining kredit liniyasi ochishga buyurtmanomasini va Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi xulosasini ko’rib chiqadi hamda tijorat bankiga kredit liniyasi ochish yohud kredit liniyasi taqdim etishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash karori uning a’zolari umumiy sonining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lganda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengashning ijobiy qarori qabul qilinganda Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi tomonidan 5 kun mobaynida tijorat banki bilan kredit liniyasi ochish to’g’risida bitim tuzadi. Kredit liniya valyutasi bank buyurtmanomasiga muvofiq Jamg’arma aktivlarida ko’rsatilgan xorijiy valyutadagi mablag’larning etarli darajada mavjudligini hisobga olgan holda belgilanadi. Jamg’armaning tijorat bankka beriladigan kredit liniyalari bo’yicha foiz stavkalari qoidaga ko’ra, 6 oylik Libor stavkasi darajasidan kelib chiqqan holda tegishli valyuta uchun yillik 1 foiz qo’shib belgilanadi. Kredit liniyasining foydalanish muddati (tijorat banklari tomonidan ochilayotgan kredit liniyalari doirasidagi investitsiya loyihalari bo’yicha birgalikda moliyalashtirish ochishga buyurtmanomalar taqdim etish muddati) kredit liniyasi ochish to’g’risidagi bitim kuchga kirgan vaqtdan boshlab ikki yildan oshmasligi kerak. Tijorat banklari Jamg’armaning kredit liniyalaridan foydalangan holda birgalikda moliyalashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab oladi, kompleks baholaydi va ekspertiza qiladi. Investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tijorat bankiga asbob-uskunalar va texnologiyalar etkazib berishga kontraktlar hamda tegishli tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ilova qilgan holda buyurtmanomalarni taqdim etadilar. Tijorat bankning tegishli 49
bo’linmasi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga tushayotgan buyurtmanomalarni ko’rib chiqadi va quyidagilarni amalga oshiradi 41 :
– investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligi va loyihalar parametrlariga erishish imkoniyatlari, loyiha tashabbuskorlarining kredit tarixini o’rganish, pul oqimlarini tahlil qilish, moliyalashtirishda loyihaning maqbul ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlaydigan ehtiyojni aniqlash bo’yicha texnik- iqtisodiy asosnomani ekspertizadan o’tkazish; – investitsiya loyihalari bo’yicha risklar, qarz oluvchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni qaytarishning ishonchli manbalari bilan ta’minlanganligini baholash; – mustaqil ekspertlar xulosasi asosida taqdim etiladigan garov ta’minotining likvidligi va qiymatini tahlil qilish; – investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskunalar etkazib berish kontraktlarini mustaqil ekspertizadan o’tkazishni ta’minlash. Bugungi kunda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi bir qancha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan va buning natijasida mamlakatimizning neft
va gaz
sanoatida yirik
investitsiya loyihalari moliyalashtirilmoqda (10-javdal).
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling