evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan investitsiya
loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini
45
ochish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Ushbu Nizom
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasining
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan investitsiya loyihalarini birgalikda
moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibini,
shuningdek, ochiladigan kredit liniyalari doirasida investitsiya loyihalarini tanlab
olish, ekspertizadan o’tkazish va moliyalashtirish shartlari va tartibini belgilaydi.
Tijorat banklariga Jamg’armaning kredit liniyasi Jamg’armani boshqarish
bo’yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha muddatli, haq
to’lash va qaytarish asosida ochiladi. Jamg’armaning kredit liniyalari mablag’lari
zamonaviy xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalar sotib olish uchun ishlatiladi.
Jamg’armaning kredit liniyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish quyidagi shartlarga rioya
qilingan holda amalga oshiriladi. Buni 9-rasm ma’lumotlaridan ko’rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: