"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan foydalanish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
2.2.
Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan foydalanish amaliyoti tahlili Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg’armalar davlat maqsadli jamg’armalaridir. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 33-moddasiga muvofiq davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iboratdir: davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi; davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi; davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida etkazadi; davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlariga o’zgartirishlar kiritish tartibida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar va boshqa tushumlar to’liq hamda o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi; davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi; davlat maqsadli jamg’armalarining Yagona g’azna hisobvarag’i va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi; 33
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi; davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi; davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin; davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi. Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy bo’lingan holda tuziladi va tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy yilning 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha tasdiqlangan xarajatlar smetalarini ro’yxatdan o’tkazish davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 1 aprelidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalar ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun davlat maqsadli jamg’armalar ijrosi amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat maqsadli
34
jamg’armalarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi. Davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi. Davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda, moliya yili mobaynida xarajatlarning umumiy summasi qabul qilingan Davlat byudjetiga va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ularning xarajatlarini 10 va undan ortiq foizga ko’paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o’zgartirishlar kiritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 10 foizdan kam ko’paytirish yoki kamaytirishni nazarda
tutadigan o’zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg’armalari taqsimlovchi organlarining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlarini ularning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ko’paytirish ularni qoplash manbalari mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy parametrlarini ko’paytirmasdan yoki kamaytirmasdan o’zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko’ra amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar har oyda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etadi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning 35
shakllari, taqdim etish tartibi va muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Quyida davlat maqsadli jamg’armalar daromadlari va xarajatlarining oxirgi yillardagi ijrosining tahlilini keltirib o’tamiz. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari: yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling