Psixalogiya fannidan javoblar


Mustaqil ish metodlari deb nimaga aytiladi?


Download 1.35 Mb.
bet4/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

3. Mustaqil ish metodlari deb nimaga aytiladi?

Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, asosiy e’tibor talabalarning berilgan mavzularni (amaliy masalalar, topshiriqlar va h.k.) mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi, izlanishi va tegishli yo‘nalish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda “Pedagogika” o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi holatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi: -darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning barcha mavzularini chuqur o‘rganish; -o‘rganilgan mavzular mazmunini maxsus pedagogik adabiyotlar bilan ishlash orqali to‘ldirish; -talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularni chuqur o‘rganish; -talabalarning o‘z-o‘zini tarbiyalashi va kamol toptirishiga imkon beradigan omillar va metodlardan faol foydalanish; -nazariy va seminar mashg‘ulotlar jarayonida talabalarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish, ularda tahlil qilish, mustaqil ishlashg va mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish; -pedagogik adabiyotlarni didaktik va tarbiyaviy jihatdan tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida ishlash, pedagogik jarayonni turli jihatdan kuzatib borish. «Pedagogika» o‘quv fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat va ma’ruzalar tayyorlash, fundamental asarlarni konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling