Pulning paydo bo’lishi va mazmuni Pulning vujudga kelishi va zarurligi


O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar


Download 1.09 Mb.
bet7/13
Sana22.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1042251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASI

O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalaming oglrligi 8,4 grammni tashkil etgan boiib, «darik» deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. 0 ‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI - IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bolganini hisobga olsak, ushbu «darik»lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar boigan desak xato qilmaymiz.
Miloddan awalgi 330 - 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor - mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar sur’ati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. boigan kumush draxma, vazni 8,2 g. boigan kumush didraxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g. boigan kumush tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bolgani ma’lum. Shuningdek, vazni 8,4 g. boigan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq boigan kumush dekadraxma ham zarb qilingan.
Yunon - Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini Qashqadaiyo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan ma’lum.
O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar tasarrufida boigan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston hududida turli davrlarda zarb etilgan tangalar muomalada boigan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb qilingan 14 boiib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan.
Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asming ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi.
Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo asta-sekin rivojlana boshlagan. Xalqaro savdo ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya (Rum) bilan amalga oshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar tomonidan eftaliylarga o‘lpon sifatida to‘langan juda ko‘p miqdordagi kumush tangalar xazinada to‘planganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, bazi ma’lumotlarga qaraganda 200 dan ko‘proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram hudud o‘zi tanga zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Umuman, V - VI asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududiga shimol va sharq tomonlardan turli ko‘chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela boshlaydi. VIII asming o‘rtalarida O‘rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, o‘lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan boshlab muomalada boigan metall tangalar ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Asta - sekin tangalardan shoh va hokimlaming sur’atlari o‘mini islom oyatlari egallaydi. Natijada «kufi» nomi bilan tarixda ma’lum boigan tangalar davri boshlanadi.
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa Abdumalik 696-yilda imperiyaning butun hududida yagona pul tizimini joriy etdi. Shu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm boigan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar toiovi uchun vazni 2,8 gramm boigan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo - sotiq esa mis tangalar - fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma’nosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‘sha davrda muomalada boigan.
IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bolsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro 15 shahri bo‘lgan. Somoniylar davlati o‘z tasarrufiga hozirgi 0 £zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson viloyatini qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq muddat davomida mavjud boidi.
XII asming o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadi. XII asming 80-90-yillariga kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni bo‘ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 - 1200-yillar) va uning o‘g ii Muhammad (1200-1220-yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullabyashnagan.
Xorazmshohlar davlatida ham an’anaviy musulmon pul birliklari - oltin dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‘lgan. Bu tangalarda ham an’ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ng xorazmshoh nomi bitilgan.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida (1220-yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi hududlarda vazni 1,8-1,9 grarnm boigan kumush dirhamlar muomalada boigan. Mayda savdo - sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‘taradi. Bu harakat tarixda «Sarbadorlar» qo‘zg‘oloni deb nom olgan. Bu qo‘zg‘olon natijasida Samarqanddan mo‘g‘ullar haydab chiqariladi. 1370-yilda Samarqand taxtiga Amir Temur o‘tiradi va «Buyuk Temur» saltanatini barpo etadi. Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi Oczbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Armaniston. Eronning barcha hududi, Iroq, Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozogistonning bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin dinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm boigan kumush tangalar - miralar ham zarb etila boshlagan.
Amir Temuming 40 dan ortiq tanga zarbxonalari boiganligi va bu yerlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Yevropada ham mashhur boiganligi haqida ko‘p maiumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temuming nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan (Узбекистан худудида танга ea цогоз пулларнинг чихдрилиши ва амал кдлиши билан боглик, материаллар Ф.Муллажоновнинг Узбекистон Республикаси банк тизими китоби (-Т.: «Узбекистон» 2001 й. 6 - 27 бетлар) дан фойдаланилган холда тайёрланди).
Rossiyada XIX asrda va XX asming boshlarida naqd pul shaklida oltin tangalar keng qoilanilgan, xususan 1895 - 1897-yillardagi pul islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n. 16 va besh so‘mlik oltin tangalar mavjud boigan. O‘zbekiston hududida ham oktabr inqilobiga qadar Chor Rossiyasining tangalari bilan bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan foydalanilgan.
Jahon sivilizatsiyasining tobora rivojlanib borishi va iqtisodiy munosabatlaming takomillashuvi muomalada qog‘oz pullarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‘mini qog‘oz pullar egalladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling