Oʼzbekiston Respublikasi Amir Temur nomidagi dxx akademiyasi
Download 1.62 Mb.
|
G\'ofurov SH 01
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Muammoni savol shakliga keltiring
- Muammoni yechish jadvali
Oʼzbekiston Respublikasi Amir Temur nomidagi DXX akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan: O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar: muammo va yechimlar mavzusida KEYS Bajardi: Gʼofurov Shahbozbek G’ulomjon oʼgʼli Tekshirdi: Xoliyarov N.А Тoshkent – 2023 Keys tayyorlash. 1. Berilgan mavzu boʼyicha iqtisodiy xolatni taxlil qilish, ikki va undan ortiq mamlakat iqtisodiyotida ushbu iqtisodiy xolat borasidagi maьlumotlarni taqqoslash imkonini beruvchi usulni ishlab chiqing . 2. Muammoni savol shakliga keltiring • Аsosiy masalini shakllantiring, uning yechimin muammoli savolga javob berish darajasida boʼlsin. • Mavzudan kelib chiqqan xolda iqtisodiy xolatni tavsiflash imkonini beruvchi asosiy mezonlarni (belgi, taxlil yoʼnalishi )ayting • Yechish algoritimini tuzing • Tanlangan koʼrsatkichni baxolang ularni yoritish ketma–ketligingi oʼrnating • Mavzuda berilgan iqtisodiy xolatni baxolash boʼyicha tanlangan koʼrsatkich asosid bir qator kichik muammolarni shakkllantiring va jadvalga yozing • Echimning mazmuni ustuniga ularni aniiqlash, xisoblash algoritinini (formulasi, tartibini yozing) • Muammoni yechish jadvalini toʼldiring • Siz tomoningizdan keltirilgan koʼrsatkichning milliy iqtisodiyot uchun axamiyatini yoriting va oraliq xulosalarni shakllantiring va yozing • Yakuniy xulosani aniq va loʼnda qilib shakllantiring Muammoni yechish jadvali
KIRISH Bugun O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan, qadimiy tarix va boy madaniyatga ega, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan davlat sifatida dunyoga tanilgan. Tub yangilanishlar, mamlakatimizning keyingi yildagi izchil va faol tashqi siyosati, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida yaqin qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirdi . Davlatimiz rahbari tomonidan izchil, puxta va aniq qarorlar asosida ishlab chiqilgan O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati jahon hamjamiyatida ham o‘zining hayotiyligi, oddiy xalq uzoq kutayotgan ezgu islohotlar sifatida e’tirof etilmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizni yaqin kelajakda rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonda xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash ustuvor vazifalardandir. O‘zbekiston hozirgi bosqichda barcha soha va yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotgan davlatdir. Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida erishilayotgan salmoqli natijalar bilan faxrlanish mumkin. O‘zbekiston zamon va jahon hamjamiyatidan hamqadam bo‘lib, Ozarbayjon bilan do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro manfaatli sheriklik rishtalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari katta istiqbolga ega ekanligini va Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalarida uzoq muddatli barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini vaqtning o‘zi ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatorida Janubiy Kavkazdagi asosiy davlat bo‘lgan Ozarbayjon Respublikasi bilan strategik sheriklikni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. O‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar asrlarga borib taqaladi. Tarixiy-madaniy o‘xshashliklar, umumiy din, til o‘xshashligi, an’ana va urf-odatlarning yaqinligi ikki davlat o‘rtasida birodarlik munosabatlarining o‘rnatilishiga xizmat qildi. Respublikamizning xalqaro maydonga chiqishining ko‘p qirrali tajribasini tizimlashtirish o‘zbek tarix fanining dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi. Diplomatik munosabatlarning yaxshilanishiga 1997–1998 yillarda elchixonalarning ochilishi yordam berdi. Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo va hukumatlararo aloqalar faol rivojlanmoqda. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling