Pythonda ma’lumot turlari bilan ishlash Dars shakli: amaliy


Download 317.09 Kb.
bet2/8
Sana09.10.2023
Hajmi317.09 Kb.
#1695881
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pythonda ma\'lumot turlari bilan ishlash (2)


STRING VA UNICODE


STRING (matn) —Pythondagi eng mashxur ma'lumot turlaridan biri. Avvalgi darsda ko'rganimizdek, o'zgaruvchiga matn yuklash uchun matn qo'shtirnoq (" ") yoki birtirnoq (' ') ichida yozilishi kerak.
shahar = "Қўқон"
viloyat = 'Фарғона'
Pythonda matnlar Unicode jadvalidagi istalgan belgilaridan iborat bo'lishi mumkin (jumladan o'zbek, arab, hind, xitoy alifbosidagi harflar yoki turli emoji-smayliklar).

STRING USTIDA AMALLAR

Matnlarni qo'shish operatori (+)


Matnlarni qo'shish uchun + operatoridan foydalanmiz:
ism = 'Ahmad'
print("Mening ismim " + ism)
Natija: Mening ismim Ahmad
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
print(ism + familiya)
Natija: AhadQayum



Yuqoridagi kodda ism va familiya orasiga bo'shliq belgisini qo'shmaganimiz uchun ikki matn qo'shilib yozildi. Buni to'g'rilash uchun, 3-qatorni quyidagicha yozamiz:
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
print(ism + ' ' + familiya) # ikki o'zgaruvchi orasiga bo'sh joy qo'shamiz
Natija: Ahad Qayum


f-string


Ikki (va undan ko'p) matn ko'rinishidagi o'zgaruvchilarni birlashtirish uchun f-string usulidan f"{matn1} {matn2}" ham foydalansak bo'ladi:
ism = "Ahad"
familiya = 'Qayum'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif)
Bu usul yordamida uzun matnlarni ham yasash mumkin:
ism = "James"
familiya = 'Bond'
print(f"Salom, mening ismim {familiya}. {ism} {familiya}!")
Natija: Salom, mening ismim Bond. James Bond!



Mahsus belgilar


Matnga bo'shliq qo'shish uchun \t belgisidan, yangi qatordan boshlash uchun \n belgisidan foydalanamiz:
print('Hello World!')
print('Hello \tWorld!')
print('Hello \nWorld!')
Natija:
Hello World!
Hello World!
Hello
World!

Download 317.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling