Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi


Download 251.11 Kb.
bet36/38
Sana04.11.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1747410
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Falsafa 3-mustaqil ish

Sabab va oqibat. Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‘z sababi bor. Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi. Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi. Dunyoda barcha hodisalar, o‘zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Sababiyat qonuni dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan degan qoidaga asoslanadi. Sababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar deterministlar deb, sababiyat qonunini inkor etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi.Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko‘plab oqibatlarga sabab bo‘lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‘p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar cheksiz oqibatlar zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‘rinishini kasb etishi, ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‘z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo‘lishi mumkin.
Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani sub’ektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. SHartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo‘lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo‘ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho‘kib o‘ladi. Erning harakatlari xotin o‘limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o‘z holicha oqibat sababi bo‘la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko‘maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko‘rsatadi.

Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling