41
qatlamning qalinligi bosimdan qalin emas. Gaz boksit orqali o’tib namlikdan ozod
bo’ladi va gaz uzatmaga yo’naltiriladi.
Aniq bir vaqt o’tgandan keyin qattiq yutuvchini yuklanmasiga bog’liq holda va
gazning hajmiy tezligi (bu oraliq 12 -16 soatni) tashkil qiladi.
Adsorber tiklanishga o’tkaziladi (regenerasiya)
gaz esa ikkinchi adsorberga
qo’shiladi va regenerasiyadan o’tib bo’lgan hisoblanadi. Boksit orqali issiq gaz
o’tkazilib regenerasiya (quritiladi) qilinadi. Gazni quritish davomida yutilgan hamma
namliklar boksitdan chiqib ketadi. Adsorberga regenerasiyaga
berilgan aniq
miqdordagi gaz, regenerasiya tizimini to’ldirishini talab qiladi,
quruq gazning
chizig’idan RD bosimni rostlagich orqali (bosim 0.1 MPa dan ozroq katta bo’lganda)
olib chiqib ketiladi. Bu gaz avval sovutgichda keyin esa ajratgichga kiradi.
Gaz 3 kPa.dan yuqori bosim bilan gaz damlama orqali qizdirgichga uzatiladi.
Bu erda u 473K haroratgacha qizdiriladi va undan keyin esa adsorber beriladi, ya’ni
boksitni regenerasiya qiladi. Adsorberdan qizdirilgan toyintirilgan gaz chiqadi va
sovutgichga
kirib keladi, undan keyin ajratgichga va u erda adsorberda yutgan
namlikdan ajratiladi.
Rasm-2.12. Suyuq sorbent yordamida gazni quritish qurilmasining sxemasi:
1-ajratgich; 2-absorberning
pastki qismi; 3-pastki buralma seksiya; 4-likopcha; 5-
buralma seksiya; 6-sovutgich; 7-issiqlik almashtirgich; 8-shamollatgich; 9,10-nasos;
11-qizdirgich-bug’latgich; 12,15-desorber; 13-nasos; 14-vakuum nasos; 16-
kondensator.
42
Rasm-2.13. Qattiq yutuvchi yordamida gazni quritish qurilmasining sxemasi:
1, 5-ajratgichlar; 2, 3-adsorberlar; 4-sovutgich; 6-nasos; 7-qizdirgich; K-kondensat;
NG-nam gaz;
GQ-gaz qurumi; GQ-gaz qizdirishga;
GQT-gaz qizdirilgan,
toyintirilgan; BR-bosimni rostlagich.
Natijada gazni qaytadan regenerasiya qilishda (gaz damlash – qizdirish–
adsorber–sovutish–ajratish–gaz damlash) boksit quriladi va yana gazning tarkibidagi
namni yutishga tayyor bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: