Qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi


Download 406.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2020
Hajmi406.21 Kb.
#120277
1   2   3

suspenziyasi shunday xossaga ega); 

qovushoq-elastik suyuqliklar – bu siljishning deformatsiyalantiruvchi 

kuchlanishi  olib  tashlangandan  keyin  qisman  elastik  tiklanish  paydo 

bo‘ladigan suyuqliklar, bunda ularda ham qovushoq suyuqliklar va ham 

elastik qattiq jismlarning xossalari namoyon bo‘ladi. Qattiq jismlar uchun 

berilgan 

deformatsiyani  paydo  qiluvchi  Guk  qonuniga  to‘la 



bo‘ysinuvchan kuchlanish vaqtdan bog‘liq bo‘lmaydi. Qovushoq-elastik 

suyuqliklarda esa bu kuchlanish doimo relaksatsiyalaydi. Sof  qovushoq 

suyuqliklardan  farqli  qovushoq-elastik  suyuqliklar  tashqi  kuchlanish 

ta’sirida darhol oqib boshlaydi, yuklanish olingandan keyin esa ularning 

deformatsiyasi 

asta-sekin 

tiklanadi. 

Shunday 


qilib, 

bunday 


suyuqliklarning  oqimini  tavsiflovchi  holat  tenglamalarida  urinma 

kuchlanish  va  siljish  tezligidan  vaqt  bo‘yicha  hosila  qatnashishi  zarur. 

Kuchlanish  relaksatsiyasi,  qoldiq  deformatsiya,  qolipining  shishi  – 

shunaqa  turdagi  suyuqliklarga  xos  ba’zi  jarayonlardir.  Qattiq  jismlar, 

eritilgan  polimerlar  va  ularning  qorishmalarida  qovushoq-elastiklik 

kuchli  namoyon  bo‘ladi.  Har  xil  sovun  erirmalari,  silikonli  zamazka 

(xamirsimon  plastik  massa),  quyuqlashtirilgan  tuxum  oqi,  ba’zi 

shampunlar,  har  xil  turdagi  quyiltirilgan  sut  va  suvga  aralashtirilgan 

jelatinda ana shunday qovushoq-elastiklik xossalari uchraydi. 

Nonyuton  suyuqliklar  harakatidagi  oqim  jarayonlarini  tahlil 

qilishdagi  asosiy  qiyinchilik  kuchlanish  tenzorini  siljish  tezligi  bilan 

bog‘lovchi  biror  umumlashgan  holat  tenglamasining  yo‘qligida. 

Qovushoq-noelastik suyuqliklar uchun 



yx

 – urinma kuchlanish va du/dy 

–  siljish  tezligi  orasidagi  bog‘lanishni  ifodalovchi  bir  nechta  empirik 

modellar  tavsiya  etilgan.  Bu  modellarning  har  biri  biror  aniqlanuvchan 

sonli  empirik  parametrlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Tadqiqotchilar  ana  shu 

modellar  yordamida  o‘zgarmas  temperatura  va  bosimda 



yx

  –  urinma 

kuchlanishning du/dy – siljish tezligidan bog‘liqligini ifodalovchi barcha 

eksperimental ma’lumotlarni tavsiflashga urinishadi. Quyida asosan erkin 

konvektiv  uzatish  jarayonlarini  tadqiq  qilishda  qo‘llaniladigan  ba’zi 

modellarni keltiramiz. 

  Siljishning  chegaraviy  kuchlanishiga  ega  bo‘lmagan    vaqtdan 



bog‘liqsiz  xossalarli  qovushoq-noelastik  suyuqliklar.  Odatda  bunday 

suyuqliklar  uchun  urinma  kuchlanish  va  siljish  tezligi  o‘rtasidagi 

bog‘lanishni tavsiflashda ko‘pincha ushbu  

dy

du

dy

du

K

n

yx

1



 



munosabat  bilan  yoziladigan  Ostvaldning  darajali  modeli  qo‘llaniladi, 

bunda K va n parametrlar empirik konstantalar bo‘lib, K – suyuqlikning 

birgalikdalik  koeffisiyenti  va  n  –  suyuqlikning  daraja  ko‘rsatgichi  deb 

ataladi. Bu parametrlarga ko‘ra suyuqlik: 

  = 1  va  



  bo‘lganda – sof  Nyuton suyuqligi

  < 1  bo‘lganda – psevdoplastik suyuqlik; 



  > 1  bo‘lganda – dilatant suyuqlik 

deb ataladi. Bu model siljish tezligining oraliq qiymatlarida juda samarali 

natijalar  beradi,  ammo  limitik  holatlarga  yaqin,  ya’ni  siljish  tezligining 

juda  kichik  va  juda  katta  qiymatlarida  u  o‘rinli  emas.  Boshqacha  qilib 

aytganda, bu model Nyuton suyuqligiga yaqin suyuqliklarning xossalarini 

to‘g‘ri tavsiflamaydi.  

Ellis modeli:  

dy

du

B

A

yx

yx

1

1







bu yerda AB

 - musbat parametrlar bo‘lib, = 1/



0



0

 – nolinchi siljish 



tezligidagi qovushoqlik. Bu model: 

 





  < 1 da 



yx

 ning  kichik qiymatlari uchun Nyuton suyuqliklarini 

darajali modelga ko‘ra yaxshiroq tavsiflaydi

 



  >  1  da 



yx

  ning  katta  qiymatlari  uchun  Nyuton  suyuqliklarini 

yaxshiroq  tavsiflaydi,  ammo  siljish  tezligining 



  katta  qiymatli 



sohalarida  tuyilgan  qovushoqlik  miqdori  juda  noaniqlik  bilan 

topiladi.  



Satterbi modeli

dy

du

a

yx



,    bunda   



A

dy

du

B

dy

du

B

a









/

)

/



(

arcsh


0



Bu yerda ham uchta AB

0

 - musbat parametrlar bor. Siljishning kichik 



tezliklarli limitik qiymatlarida du/dy 

 0 va 





a

 



 0. Siljish tezligining 

kichik va o‘rta qiymatlarida bu model yaxshi natija beradi. 



  Siljishning  chegaraviy  kuchlanishiga  ega  vaqtdan  bog‘liqsiz 

xossalarli  qovushoq-noelastik  suyuqliklar.  Bunday  suyuqliklar  ichida 

Bingamning  plastik  suyuqligi  modeli  keng  tarqalgan.  Bunday  suyuqlik 

modelining tenglamasi quyidagicha: 

,

0



dy

du

B

yx





 agar 


0





yx

,



0



dy



du

  agar 


0





yx

 va 


,

0





yx

 

bunda «+» ishora tezlik gradiyentining musbatligiga va «–» ishora tezlik 



gradiyentining  manfiyligiga  mos  keladi; 



B

  –  plastik  qovushoqlik.  Bu 

model  asosan  shlam  (gidrokimyoviy  usullarda  olinadigan  asl  (zangla-

maydigan)  metallarga  boy  cho‘kindi)  va  pasta  (qaymoq  quyuqligidagi 

ohakli yoki plastik loyli massa)larning holatini tavsiflashda ishlatiladi. 

 Vaqtdan bog‘liq xossalarga ega qovushoq-noelastik suyuqliklar. 

Bunday suyuqliklarning asosiy tenglamalari o‘ta murakkab tuzilmaga ega 

bo‘lib,  hozirgi  kunda  ularning  real masalalarga  tadbiqi  yetarlicha  tahlil 

qilinmagan.  Shunga  qaramasdan,  faraz  qilish  mumkinki,  barqaror 

harakatda bunday suyuqliklar o‘zini xuddi vaqtdan bog‘liqsiz xossalarga 

ega qovushoq-noelastik suyuqliklar kabi tutadi. 

  Qovushoq-elastik  suyuqliklar.  Bunday  suyuqliklarning  reologik 

xossalari  ularning  avvalgi  holatiga  bog‘liq,  shuning  uchun  ular  faqat 

bittagina siljish tezligi va urinma kuchlanish o‘rtasidagi munosabat bilan 

tavsiflanmaydi.  Shunga  ko‘ra,  mos  asosiy  tenglamani  tanlash  va  uning 

yechimini topish juda murakkab muammo. 

 

 



 

Download 406.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling