Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Download 1.45 Mb.
bet1/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)


QURBONOVA NIGORA RAXIMDJONOVNA

MOTIVATSION PSIXOLOGIYA

Toshkent -2017

Ushbu о‘quv qо‘llanmada shaxs xatti-harakatidagi psixologik motivatsiyani о‘rganishga e’tibor qaratiladi. Unda bugungi kunda shu muammo ustida tadqiqot olib borgan olimlar, mutaxasislarning nazariy g‘oyalari keltirilgan. Bularga tayangan holda shaxsni о‘rganish metodlari, yо‘llari, motivatsiyaning kasbiy tayyorgarlikdagi ahamiyati va usullari berilgan. Unda shaxslarning kamol topishiga aloqador bо‘lgan turli ijtimoiy vaziyatlar hamda hayotda uchraydigan muammolarni yechish usullari, shu jumladan, motivatsiyani belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillarning mohiyati tо‘g‘risidagi boshqa mutaxasisslarning fikrlariga qо‘shilgan holdagi mualliflik mulohazalari kursiv matnda keltiriladi.


О‘quv qо‘llanma О‘zbekistonda bakalavriyat ta’lim standartlariga asoslangan holda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagog, psixolog, rahbar hodimlar, kafedra mudirlari, malaka oshirayotgan pedagog-psixolog va о‘qituvchilar hamda psixologiya masalalari bilan qiziqqan barcha kitobxonlar uchun mо‘ljallangan.

Kirish

Agar inson hayotiga bu uning rivojlanish yо‘lidagi oldinga harakati sifatida qaraladigan bо‘lsa, hayotning о‘zi yangi-yangi chegaralarni muntazam bosib о‘tish, eng yaxshi natijalarga erishish, о‘z о‘zini rivojlantirish va shaxsiy о‘sish jarayoni bо‘lib chiqadi. Mazkur jarayonda inson sodir etayotgan barcha harakatlarning ma’nosi eng asosiy rollardan birini о‘ynaydi. Inson faoliyati va xatti-harakatiga nima ta’sir kо‘rsatadi? Nima uchun u nimadir qiladi? Bunga uni nima undaydi? Nima rag‘batlantiradi? Chunki har qanday harakat yoki harakatsizlikka deyarli barcha vaqt undovchi nimadir mavjud-ku. Biz bir-birimiz bilan yaxshiroq munosabatga kirishishimiz, atrofimizdagi kishilar va о‘zimizni yaxshiroq angashlimiz uchun rag‘batlantirish, undash, turtki berish borasida ya’ni motivatsiya borasida sо‘z yuritishimiz lozim.


Psixologiya uchun motivatsiya masalasi, huddi psixologiyaning asoslari yoki usullari singari muhimdir. Sharqdagi buyuk allomalar va mutafakkirlarning mehnatga, faoliyatga rag‘batlantirish borasidagi kо‘pgina fikrlari mavjudligini nazardan qochirmagan holda G‘arbdagi mamlakatlar, umuman olganda rivojlangan mamlakatlarda motivatsiya allaqachonlardan beri alohida fan sifatida о‘qitilishi, о‘rganilishi tadqiq qilinishini ta’kidlash joiz.
Mustaqillikdan sо‘ng О‘zbekistonda ham psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar chegarasidagi oraliq fan sifatida motivatsiyaga ham qisman e’tibor berila boshlaganligini, ayrim adabiyotlar chop etilganligini qayd etgan holda, misol tariqasida motivatsiya tо‘g‘risidagi eng umumiy tushunchalar keltirilgan “Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi”, о‘quv qо‘llanmasini, motivatsiya bо‘yicha qisman ma’lumotlar keltirilgan “Psixodiognostika”, “Ekspremental psixologiyadan praktikum”о‘quv-uslubiy qо‘llanmalarini1 keltirish mumkin. Bu qо‘llanmalarda asosan о‘quvchilarni (talabalarni) bilim olishga rag‘batlantirish borasida sо‘z yuritiladi.
Bugungi kunga kelib oliy ta’limga, unda о‘qitiladigan turli fanlar, jumladan, psixologiya fani va mazkur fan doirasida о‘qitiladigan motivatsion psixologiya predmetiga ham alohida talablar qо‘yilmoqda.
Chunki О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorida yangi avlod о‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy о‘quv, о‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash vazifalari belgilangan2. bunga sabab, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni о‘rganish natijalariga kо‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi aniqlanganligidir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, Motivatsion psixologiya fani О‘zbekistonda nisbatan yangi fan, va deyarli ishlanmagan yо‘nalish hisoblanadi. О‘quv qо‘llanmani yaratishda asosan horijiy adabiyotlardan foydalanilganligining sababi ham shundadir.
Motivatsion psixologiya ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, birinchidan, ta’lim sohasida agar talaba-о‘quvchilarga motivatsiya nima ekanligi, xususan, о‘z-о‘zini motivatsiyalash usullari izchil tushuntirib borilsa, keyinchalik, о‘quv amaliyoti jarayonida bu olingan bilimlar mustahkamlansa talabalarda, о‘ziga ishonch, maqsadga intilish, о‘zini namoyon etish tuyg‘ulari kuchayadi, ikkinchidan, motivatsion psixologiya fanini о‘rganishning о‘zi talabalarda butunlay yangi fanga oshno bо‘layotganligini isbotlab, talabalarda yangilikka intilishni kuchaytiradi.
Motivatsion psixologiya о‘z mazmuniga kо‘ra keng qamrovli fan hisoblanadi. Mazkur fanning barcha jihatlarini bir о‘quv qо‘llanma doirasida ochib berish о‘ta mushkil deyarli imkonsiz ishdir. Shu bois о‘quv qо‘llanmaning boblaridagi fasllarni (paragraflarni) yoritishda asosiy tushunchalarni yoritish bilan cheklanilgan. Bularni batafsilroq yoritish kelgusi tadqiqotlar mavzusidir.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tilishi bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash talablari ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qо‘ymoqda. XX asrda, ayniqsa asrning ikkinchi yarmidan boshlangan ilmiy–texnikaviy revolyusiya tufayli axborotlar hajmining keskin ortib borishi bilan tayyor bilimlarni egallashga qaratilgan, asosan о‘qituvchining faol mehnatiga asoslangan an’anaviy ta’lim о‘z ahamiyatini yо‘qotmoqda. Hozirgi ta’lim jarayonida zarur bilimlarni о‘quvchilarning о‘zlari qidirib topishi, mustaqil о‘rganishi va xulosa chiqarishiga imkon beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga e’tibor kuchayib bormoqda. YA’ni yangi bilimlarni shakllantirish uchun talaba-о‘quvchilarning о‘zidagi motivatsion psixologiyani rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
An’anaviy о‘qitishga muqobil yо‘l sifatida paydo bо‘lgan yangi pedagogik texnologiyalar pedagogik nazariyotda va amaliyotda tо‘planib kelingan barcha progressiv vositalarni о‘zida qamrab olgan.
Motivatsion psixologiya fanini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan quyidagilarni qо‘llash maqsadga muvofiqdir:

  • muammoli ta’lim berish texnologiyasi;

  • о‘yin texnologiyalari;

  • tanqidiy fikrlashni о‘stiruvchi faol metodlar;

  • hamkorlik pedagogikasi;

  • о‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi;

  • о‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asosida qurilgan pedagogik texnologiyalar;

  • о‘qitishni tabaqalashtirish;

  • о‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi.

Motiavatsion psixologiyani о‘qitishda ham boshqa fanlarni о‘qitishda hosil qilingan о‘z tajribamizga tayangan holda interfaol metodlarning о‘quv –tarbiyaviy masalalarni yechishdagi qiyosiy imkoniyatlarini baholash mezonlarini jadval kо‘rinishida keltiramiz.



Interfaol о‘qitish metodlari



Shakllantirish

Rivojlantirish



Nazariy bilim

Faktik bilim

Aqliy mehnat kо‘nikmalari

Abstrakt tafakkur

Kо‘rgazmali, timsolli tafakkur

Tafakkurlash mustaqilligi

Nutq

Bilishga qiziqish

1.

Aqliy hujum

h

h

-

h

-

h

h

-

2.

Ajurli arra

h

h

h

h

h

h

h!

h

3.

Munozara

h

h

-

h

-

h

h

h

4.

О‘z о‘rningni top

-

h!

-

h

h

h!

-

-

5.

Debat

h

h

h

h!

h

h

h!

h

6.

Menyu

h

h

h

h

h

h

-

h

7.

Tanqidiy fikrlash

h!

h

h

h!

-

h

h

h!

8.

Kichik guruhlarda ishlash

h

h

h!

-

h

h

h

h

9.

Klaster

h

h

h!

h

h!

h

-

h

10.

Sinkveyn

h!

h

h

h

h

h!

-

h



  • Izoh: h! – masalani birmuncha muvafaqqiyatli yechish; h – masalani asosan yechadi; h – masalani bir muncha zaif yechadi; - masalani yecha olmaydi.

Shundan kelib chiqqan holda “Motivatsion psixologiya” fani bо‘yicha yaratilayotgan ushbu о‘quv qо‘llanmada oldingi darsliklar va qо‘llanmalarda mavjud bо‘lgan yetishmovchiliklarni tо‘ldirish kо‘zda tutilgan.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling