Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Asosida xodimning о‘ziga xos qiyofasi qaror topgan nazariyalar


Download 1.45 Mb.
bet21/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Asosida xodimning о‘ziga xos qiyofasi qaror topgan nazariyalar. Bu nazariyalar uchun xodimning muayyan qiyofasi, uning ehtiyojlari va motivlari asos qilib olingan. Mak Gregor nazariyasi va Ouchi nazariyasi ana shunday nazariyalar turkumiga kiradi.
Mak Gregorning XY nazariyasi. Ushbu nazariya muallifi Amerikalik psixolog Duglas Mak Gregordir.
Uning nazariyasi quyidagi ikki sharoitdan kelib chiqadi:
Xodimlarni avtoritar boshqarish – X nazariyasi
Xodimlarni demokratik boshqarish – Ynazariyasi
Ushbu ikki nazariya kishilarni rag‘batlantirish uchun butkul turlicha maqsadlarni nazarda tutadi hamda turli ehtiyojlar va motivlarga tayanadi.
X nazariyasi tashkilot xodimlari avval boshdanoq dangasa va faol harakatdan qochishga intilishini nazarda tutadi. Shu bois ular kuzatuv ostida bо‘lishlari lozim. Buning uchun nazoratning maxsus tizimlari ishlab chiqilgan. X nazariyadan kelib chiqiladigan bо‘lsa, tashkilot xodimlari rag‘batldantirishning jozibador tizimisiz sust ishlaydilar va javobgarlikdan qochishga intiladilar.
Masalan X nazariyasining qoidalaridan kelib chiqadigan bо‘lsak, о‘rtacha xodim ishga nafrat bilan, xushlamasdan qaraydi. Unga kо‘proq ergashib yurish, kimdir boshqarishi yoqadi. Mas’uliyatdan qochishga intiladi. Xodimlarning motivatsiyasini oshirish uchun boshqaruvchilar turli turtki beruvchi dasturlarga alohida e’tibor qaratishi, qilingan ishni puxta nazoratdan о‘tkazishi, xodimlarning faoliyatini boshqarib turishilozim.
Y nazariyasi xodimlarning avval boshdanoq о‘ziga bino qо‘yishini boshlang‘ich nuqta sifatida kо‘radi, ularning ichki rag‘batlarini nazarda tutadi. Mazkur nazariyada xodimlarning о‘zi mas’ulyatni о‘ziga olishga, о‘z-о‘zini nazorat qilish va о‘z-о‘zini boshqarishga tashabbus bilan chiqadi, chunki о‘z majburiyatlarini bajarayotganligidan hissiy qoniqish hosil qiladi.
Y nazariyalari qoidalari bо‘yicha о‘rtacha xodim tegishli sharoitlarda javobgarlikni о‘ziga olishga, ishga ijodkorona hamda aql bilan yondoshishga, о‘zini mustaqil nazorat qilishga о‘rganadi. Bunday holatda ishlash kо‘ngilli vaqt о‘tkazishga о‘xshaydi. Bu yerda boshqaruvchilarga о‘z xodimlarini boshqarish birinchi holatdagidan kо‘ra ancha yengil kechadi, chunki xodimlarning о‘zi о‘z majburiyatlarini juda yaxshi ado etishga mustaqil tarzda intiladi. Xodimlarga ular о‘z faoliyati uchun erkin makonga egaliklarini, ular о‘zlarini kо‘rsatishi va о‘z о‘rnini topishi mumkinligini bildirishi lozim. Shu tarzda ularning salohiyati tо‘la hajmda ishga tushiriladi35.
Sizni muayyan faoliyatni bajarishingiz uchun nima undayotganini yaxshiroq tushinishingiz uchun Mak Gregor nazariyasidan foydalanishingiz mumkin. О‘zingiz uchun X va Y nazariyasini loyhalashtiring. Sizga nima turtki berayotganini va yanada mahsuldor faoliyat uchun sizga qanday yondoshuv zarurligini bilgan holda о‘zingiz uchun eng munosib ish joyini topishingiz va xatto xodimlarning hamda umuman butun tashkilot ishining samaradorligini yuksaltirish uchun о‘z rahbaringizga boshqaruv strategiyasini о‘zgartirish bо‘yicha fikrlaringizni bayon qilishingiz mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling