Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


О‘z-о‘zini motivatsiyalash


Download 1.45 Mb.
bet30/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

О‘z-о‘zini motivatsiyalash

О‘z-о‘zini motivatsiyalash – bu insonning ichki e’tiqodlariga asoslangan nimanidir xohlashi yoki nimagadir intilishi, о‘zi amalga oshirmoqchi bо‘lgan harakatlar uchun turtki berishidir.
Agar о‘z-о‘zini motivatsiyalash bо‘yicha birmuncha boshqacha sо‘zlar bilan aytiladigan bо‘lsa uni quyidagicha ta’riflash mumkin:
О‘z-о‘zini motivatsiyalash – bu insonga tashqi tomondan bо‘ladigan motivatsiyalar tegishli tarzda ta’sir qilmay qо‘ygach о‘zining ahvoliga о‘zi ta’sir kо‘rsatishidir. Masalan, biron ish oldinga yurmayotgan bо‘lsa, yoki shu ishni qilishga qо‘l bormasada insonning baribir shu ishni bajarish uchun harakatlarni davom ettirishga sabab qidirishidir.
О‘z-о‘zini motivatsiyalash о‘ta individualdir, chunki har bir kishi о‘zini rag‘batlantirish uchun turlicha yо‘llarni tanlaydi.
Biroq, muayyan usullar borki, ular aksariyat kishilarga ijobiy ta’sir о‘tkazadi. Bular haqida batafsilroq ma’lumot beramiz.
Affirmatsiya – bu (lotincha affirmatio — tasdiqlash) og‘zaki shaklga ega bо‘lgan qisqa ibora yoki kichik matn bо‘lib bular kishiga asosan psixologik darajada ta’sir kо‘rsatadi. Bular kо‘p marotaba takrorlanganda insonning ruhiy hissiy holati yaxshilanishiga va hayotda ijobiy о‘zgarishlarga turtki bergan holda inson ongiga ta’sir о‘tkazadi62.
Hayotda kо‘plab muvaffaqiyat qozongan kо‘proq kishilar biror narsaga doimo ichki rag‘batga ega bо‘lish uchun kundalik hayotda affirmatsiyadan foydalanadilar. Kishilar kо‘pincha bulardan biron narsaga nisbatan о‘z munosabatini о‘zgartirish psixologik charchash va tushkunliklardan qutilish uchun foydalanadilar. О‘zingiz uchun eng samarali affirmatsiyalar tuzishda quyidagi usuldan foydalanish zarur. Bir varaq qog‘oz oling va uning о‘rtasidan chizing, chap tomonga sizning fikringizcha sizga salbiy ta’sir о‘tkazayotgan fikrlarni yozib chiqing. О‘ng tomonga esa, ijobiy affirmatsiyalarni yozing. Masalan, siz ishda doim boshliq bilan muloqotga kirishishga qо‘rqasiz, lekin kо‘pincha u bilan suhbat qurishingizga tо‘g‘ri keladi va shu bois doim tushkunlikda, noqulay ahvolda ishga borishni istamay yurasiz. Qog‘ozning birinchi qismiga “men boshliq bilan uchrashishdan qо‘rqaman” deb yozing. Ikkinchi qismiga “menga boshliq bilan uchrashish yoqadi” deb yozing. Aynan shu narsa sizning affirmatsiyangiz bо‘ladi. Affirmatsiyalar odatda yakka yolg‘iz tarkibda emas, balki yalpi holda ishlatiladi. YA’ni, siz boshliq bilan muloqot qilishdan tashqari о‘zingizda yana qanday qо‘rquvlar va zaif jihatlar borligini belgilashingiz lozim. Ular ancha kо‘p bо‘lishi mumkin. Ularni imkon qadar kо‘proq aniqlash uchun о‘z ustingizda ancha puxta ishlashingizga tо‘g‘ri keladi: vaqt ajrating, sizni hech narsa chalg‘itmaydigan qulay vaziyat yarating, va о‘zingizda nimani о‘zgartirishini xohlashingizni, nimadan qо‘rqishingizni yozib chiqing. Bularning barchasini varaqning chap tomoniga yozib chiqqaningizdan sо‘ng, bularning har biriga affirmatsiyalar yozing. Sо‘ng qog‘ozni о‘rtadagi chiziq bо‘ylab qaychida kesing va о‘zingizda affirmatsiyalar yozilgan qismini qoldiring. Ular ishga tushishi, sizga va hayotingizga ta’sir kо‘rsatishi uchun о‘z affirmatsiyalaringizni har kuni о‘qing, buni ertalab uyg‘ongan zahotingiz va uyquga yotishdan oldin qaytargan ma’qul. Affirmatsiyalarni о‘qishni kundalik amaliyotga aylantiring. Muayyan vaqt о‘tgandan sо‘ng о‘zingizda va hayotingizda о‘zgarishlar bо‘layotganini seza boshlaysiz. Affirmatsiyalar ong ostidan ta’sir kо‘rsatishini yodingizda saqlang.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling