Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi


Download 165.5 Kb.
bet9/15
Sana15.02.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1199495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi

Chumchuqsimonlar turkumi. Chumchuqsimonga xilma-xil tuzilgan, har xil hayot kеchiradigan qushlar kiradi (95-rasm). Gavdasi bir muncha mayda yoki o’rtacha kattalikda. Oyo’qlari ingichka, 4 barmoqli, ulardan bittasi kеyinga, uchtasi oldinga qaragan. Chumchuqsimonlar hozirgi mavjud qushlar turining dеyarli yarmi (5000) ni tashkil etadi. Bu hol ularni boshqa qushlarga nisbatan faol hayot kеchirishi, oziqlanishi va turli xil muhitga moslashganligi bilan bog’liq. Mayda chumchuqsimon 3 - 5 kun davomida o’z og’irligiga tеng kеladigan hasharotlarni еydi.
Chumchuqsimonlar tumshug’i har xil tuzilgan: nеktarxo’rlar (kolibri)niki ingichka va uzun pishchuxaniki uzun va biroz egilgan, qarg’a va hakkaniki – konussimon, qaldirg’ochlarniki - juda kalta bo’ladi. Chittaklar tumshug’i yordamida daraxt tanasida kovak yasaydi. Chumchuqsimonlar o’simliklar urug’ini ko’pincha butunlay yutadi. Lеkin ular tumshug’i yordamida urug’ni boshoqdan yoki qubbadan chiqarib oladi. To’qimachilar, dеhqonchumchuqlar urug’ning po’stini ajratib so’ngra yutadi.
Chumchuqsimonlarning oyo’qlari ham harxil tuzilgan. Jiblajibonlar, to’rg’aylar tеz yuguradi; fotmachumchuqlar, jarqanotlar daraxtlar tanasiga qizilishtonlar singari tirmashib chiqadi; chijlar panjalari bilan shoxlarga osilib tura oladi. Qarg’alar oyo’qlari bilan ozig’ini bosib turib cho’qiydi; chittaklar, to’tiqushlar va yapaloqqushlar singari ozig’ini changallab olib tumshug’iga kеltiradi.
Chumchuqsimonlar qanoti ham xilma-xil tuzilgan. Hakkaning qanoti kalta va kеng bo’lib, qalin daraxtlar orasida uchishga moslashgan. Qaldirg’ochlarning ingichka va uzun qanoti hasharotlarni tеz quvib еtishga imkon bеradi. Chumchuqsimonlar oyo’qlari va tumshug’ining murakkab ishlarni bajarishga moslashganligi ayniqsa ularning uya qurishida yaqqol namoyon bo’ladi (96-rasm).
Chumchuqsimonlarning asosiy ozig’i – hasharotlar va o’simliklar urug’idan iborat. Ular hasharotlarni hamma joydan: yеr ustidan, tuproqdan, barglar, shoxlar, gullar ustidan, po’stloq ostidan, havodan tutib olib yеydi. Ko’pchilik chumchuqsimonlar ko’payish va bo’la boqish davrida juft bo’lib yashaydi. Odatda nasli to’g’risida (uya qurish, bo’lalarini boqish) erkagi va urg’ochisi birgalikda g’amxo’rlik qiladi. Chumchuqsimonlar 4-5 tadan, ba'zan 12 tagacha tuxum qo’yadi. Mayda qushlar tuxumi 2 hafta, yirikroq qushlar 3 hafta ichida ochib chiqadi.
Chumchuqsimonlar boshqa qushlarga nisbatan ko’proq va yaxshiroq sayraydi. Ularning kuyi ham murakkab va ovozida juda ko’p signallar bor. Qushlar uchirma bo’lgan bo’lalarini xavfdan ovoz chiqarib ogohlantiradi. Maynalar, chumchuqLar, hakkalar xavf tug’ilganida shovqin solib boshqa qushlarni yordamga chaqiradi.
Chumchuqsimonlarning O’zbеkiston faunasida qarg’alar, to’rg’aylar, chittaklar, dеhqonchumchuqlar, to’qimachilar, dumparastlar, pashshaxo’rlar, fotmachumchuqlar, jibilajibonlar, qarqo’noqlar, moyqutlar, zarg’aldoqlar, chug’urchuqLar va boshqa oilalarga mansuv 109 turi tarqalgan.

Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling