Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Quyoshda kechadigan termoyadro reaktsiyalari


Download 0.89 Mb.
bet5/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Quyoshda kechadigan termoyadro reaktsiyalari Quyoshni ulkan termoyadro reaktoriga o‘xshatish mumkin. Uning ichki qismida har doim yadro sintezi reaksiyasi sodir bo‘lib turadi. Yadrodan chiqayotgan nurlanishning spektral zichligi bir tekis emasdir. Quyoshda har sekundda o‘rtacha materiya ajralib chiqib tasavvur qilib bo‘lmas energiyaga aylanadi va u elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida kosmosda nurlanadi.
Hisoblashlardan ma’lumki, Quyoshning markaziy qismidagi harorat 15 million gradusdan ortiq bo‘lib, yuz milliardlab atmosferaga teng. Bunday sharoitda atomlar juda xarakatchan bo‘lib, ularning tezliklari bir necha yuz kilometrga teng bo‘ladi. Zichlikning katta bo‘lishi esa, atom va ionlarning tez-tez to‘qnashuviga sabab bo‘ladi. Natijada ayrim katta tezlikli to‘qnashuvlar, yadro reaksiyasining vujudga kelishiga olib keladi.
Quyoshda ikki termoyadroviy reaksiya asosiy rol o‘ynaydi. Bulardan biri proton-protonli siklli reaksiya Ikkinchi termoyadroviy reaksiya Quyosh sharoitida kamroq rol o‘ynaydi. Bu reaksiyada ham geliy, to‘rtta vodorod atomi hisobiga hosil bo‘lsada, bu protsess ancha murakkab kechib, uglerod mavjud bo‘lgandagina sodir bo‘ladi, shuning uchun ham bu reaksiya uglerod siklli reaksiya deb nom olgan.


Quyosh toji, yadrosi, xromosferasi, fotosferasi, yaʼni tarkibiy tuzilishi.Quyoshning tashqi uch qatlami - fotosfera, xromosfera va toj uning atmosferasini tashkil qiladi. Oddiy ko‘z bilan yoki teleskop orqali kuzatilganda, Quyosh atmosferasining eng pastki qatlami fotosferanigina ko‘rish mumkin. Xromosfera va Quyosh toji maxsus teleskoplardagina kuzatiladi.
1. Fotosfera. Fotosfera qalinligi 300 kilometrga yaqin bo‘lib, boshqa qatlamlarga nisbatan yaxshi o‘rganilgan fotosfera quyidagi ob’ektlarni kuzatish mumkin: granulyasiya (donadorlik), mash’allar va Quyosh dog‘lari
Quyosh sariq yulduz
Quyosh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta. Astronomik belgisi fi  .



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling